Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
672 subscribers
31.1K photos
1.2K videos
1 file
5.38K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Guliston_Prezident_maktabi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi tashkil etilganining 1 yillik shodiyonasi munosabati bilan xayriya konsert-dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Agentlik
direktori Hilola Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi va barchani samimiy tabrikladi.

✔️Tadbir davomida Robototexnika to‘garagi aʼzolari tomonidan yasalgan Robot tomonidan maktab bo‘ylab kichik sayohat uyushtirildi.

Mehmonlar maktabning milliy burchagi bilan tanishtirildi.

Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar namoyish etildi.

❗️Tadbir so‘nggida "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan maktab o‘quvchilari tomonidan "Mehr ulashamiz" loyihasi doirasida tashkil etilgan saxovat burchagi bo‘ldi.

U yerga qo‘yilgan barcha turdagi kitoblar va sovg‘alar Sirdaryo viloyatidagi Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga berilishi rejalashtirilgan.

👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’quvchilari va 2015-yil kimyo yo‘nalishida Nobel mukofoti sovrindori, turk olimi Aziz Sanjar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

✔️Unda Agentlik tizimidagi Prezident maktablari va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o’quvchilari qatnashishdi.

❗️Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, ZOOM platformasida bo’lib o’tdi.

📌Ma’lumot uchun, Aziz Sanjar ixtisosligi bo‘yicha bioximik bo’lib, Turkiy davlatlar orasida kimyo yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan yagona olim hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Global_markets
#OAV_biz_haqimizda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning "Global markets. Uzbekistan. Special report" jurnalining navbatdagi sonida "Providing world-class education to the talented people" nomli ingliz tilidagi maqolasi e'lon qilindi.

❗️Unda Hilola Umarova Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda "Yangi O'zbekiston" universitetida yaratilgan sharoitlar, o'quvchilar erishayotgan yutuqlar haqida so'z yuritgan.

🔹"Prezident maktablari g'oyasi mamlakat iqtisodiyotiga innovatsiyalar olib kira oladigan ilm-fan, muhandislik, ijtimoiy sohalar va siyosatning bo‘lajak yetakchilarini yetishtirishdagi istiqbolli qarashlarning poydevoriga aylandi".

🔹"Prezident maktablari Council of International schools tashkilotiga a'zo bo'lgan mamlakatdagi birinchi davlat maktabi bo'ldi".

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#PTMA_
#Denov_2_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati
#Zakovat
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi

O'zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan 6- dekabr kuni Denov tumanida joylashgan 36691-sonli harbiy qismda "Zakovat intellektual" o'yini o'tkazildi. Murosasiz kechgan baxsda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Everest" jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#Zõrovonlikka_qarshi_16_kun
#Davra_suhbati
#Bola_huquqlari_tõğrisida

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o`quvchilari o`rtasida Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda "Xotin-qizlarni tazyiq va zo`rovonlikdan himoya qilish" va "Bola huquqlari to`g`risida"gi konvensiyaning mazmun mohiyatini tushuntirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo`yicha davra suhbati tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#PTMA
#Konstitutsiyasining_30_yilligi

Joriy yilning 8 dekabr sanasida tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligiga o‘ttiz yil to‘ladi.
«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» munosabati bilan, Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Choriyeva Dilafro`z Xolmo`minovna va Informatika fani o`qituvchisi Hamroyev G‘iyos Bahodir o‘g‘li hamda Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi Ona tili fani o`qituvchisi Jabborova Feruza Xojimurotovnalar taqdirlanishdi.

Esdalik nishonga sazovor bo‘lganingiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Prezident ta`lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram