Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
609 subscribers
41.3K photos
1.55K videos
3 files
7.02K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
Germaniyaning Myunxen texnika universiteti delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” universitetida

Myunxen texnika universiteti delegatsiyasi tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalariga o'qish, tadqiqotlar olib borish hamda ma'lumotlar bazalaridan samarali foydalanish kabi ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mahorat darslari o'tkazilishi reja qilingan.

☑️ Shuningdek, tashrifda Myunxen texnika universiteti talabalari ham ishtirok etmoqda, bunda talabalar kengashi hamda talabalar klublari faoliyati haqida fikr almashilmoqda.

📌 Delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetida 3 kun muddatda bo‘lishi hamda talabalar uchun ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etishi rejalashtirilgan.

🔁 English

#TUM #Workshops #Mahorat_darslari

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

O’QUVCHILARIMIZ YAPONIYANING “SAKURA SCIENCE HIGH SCHOOL PROGRAM” DASTURIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi:

✔️Navoiy shahridagi Prezident maktabi,
✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda
✔️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidan 1 nafardan jami 3 nafar o’quvchi ayni damda Yaponiya davlatida bo’lib turishibdi.

O’quvchilarimiz Sakura Science High School Program" ( SSHP) da qatnashishmoqda.


📌Mazkur dasturdan ko’zlangan maqsad yuqori maktab o‘quvchisi bo‘lgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarini Yaponiyaning fan va texnologik yutuqlari, kunchiqar mamlakat madaniyati va jamiyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

❗️Mazkur dastur Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o’tkazilmoqda; unda o’zbekistonlik o’quvchilar ishtiroki O’zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

📆Dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰Agentlik tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10 nafar o'quvchilari xorijiy til bilish darajalarini qo'lga kiritishdi. Jumladan:

🔸Ibrohim Iskandarov - IELTS dan 8 ball,
🔸Faxrinur Jo'rayeva - IELTS dan 8 ball,
🔸Behruz Erkinov - IELTS dan 8 ball,
🔸Sevinch Abdushukurova - IELTS dan 8 ball,
🔸Firdavs Ortiqov - IELTS dan 8 ball,
🔸Ulug'bek Hamidov - IELTS dan 8 ball,
🔸Farruh Tohirov - IELTS dan 8 ball
🔸Aziz Sobirov - IELTS dan 7, 5 ball,
🔸Umrbek Janibekov - IELTS dan 7,5 ball,
🔸Humoyunxon Mahmudxonov - IELTS dan 7, 5 ball.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#PTMA
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#fan_oyligi

📚Noyabr - "Rus va xorijiy tillar" fan oyligi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tumani ixtisoslashtirilgan maktabida noyabr - "Rus va xorijiy tillar" fan oyligi doirasida Rus tili hamda ingliz tili fan o'qituvchilari tashabbusi bilan fan kechasi tashkil etildi.

Tadbirda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan bir-biridan ajoyib she'r, kuy-qo'shiq va chiqishlar ustozlar hamda tadbirimiz mehmonlari ko'nglini shod etdi.
Tadbir so'ngida ushbu oylik davomida faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarga erishgan bir guruh o'quvchilar, shuningdek ustozlar faxriy yorliq va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#Shunqorlar
#Bandixon_ixtisoslashtirilgam_maktabi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-10-sinflar o'rtasida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatan himoyasiga shay turishga va harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirish maqsadida "Shunqorlar" musobaqasi o'tkazildi.

Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram