Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
664 subscribers
31.9K photos
1.21K videos
1 file
5.49K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#PTMA
#Boysun_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📚📖 TOʻRTINCHI TASHABBUS AMALDA

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Boysun tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari bilan tumandagi markaziy kutubxonaga sayohat uyushtirildi.
Kutubxonada kitoblar fondi, boysunlik ijodkorlarning asarlari, jahon va oʻzbek adabiyoti nodir durdona asarlari haqida maʼlumot berildi. Ushbu sayohat natijasida oʻquvchilarimiz kutubxonaga a'zo boʻldilar.
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda kitobxonlikning ahamiyati beqiyos.

Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#PTMA
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi

🏢🖥"IT center" ga tashrif

Prezident ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari bilan Muzrabot tuman "IT center"-Raqamli texnologiyalar o'quv markaziga tashrif uyushtirildi.

🇺🇿Tashrif davomida o'quvchilarga ushbu o'quv markazida yaratilgan imkoniyatlar va unda yo'lga qo'yilgan o'quv kurslari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.

Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#RaqamliAvlod
#ITHaftalik
#Fotoreportaj

⚡️"Raqamli avlod IT haftaligi" ning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda haftalik davomida tashkil etilgan Robo Sumo, Robo Labirint, Robo Futbol, DG Contest, Kibersport musobaqalari g'oliblari taqdirlandi🔥

📍Taqdirlash marosimi jarayonlaridan fotoreportaj.
#PTMA
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi


2022-yil 28-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o'quv haftasi barcha sinflarda "Ma'naviyat soat"lari bilan boshlandi hamda Davlatimiz madhiyasi ijro etildi.

📚Ta'lim va tarbiya jarayonlarida o'quvchilarga vatanparvarlik ruhi, milliy g'urur va iftixor, o'z xalqiga muhabbat va sadoqat, O'zbekiston tarixi, ilmiy-ijodiy hamda ma'naviy-ma'rifiy merosga hurmat, o'zlikni anglash, mehnatsevarlik va mas'uliyatlilik, qat'iyat va shijoatlilik g'oyalarini singdirishda "Ma'naviyat soat"larining o'rni juda muhim sanaladi.

Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram

"BIRINCHI TASHABBUS AMALDA"

🏢 Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Musiqa" to'garagi o'quvchilarining milliy musiqa cholg'u asboblari haqidagi bilimlarini oshirish, ularda milliy musiqamizga oshnolik va hurmat hissini shakllantirish maqsadida 80 yoshli "Chanqovuz" chaluvchi Begimqulova Zulayxo momo bilan ijodiy uchrashuv o'tkazildi.

Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram