Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
619 subscribers
41.9K photos
1.55K videos
3 files
7.12K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Denov_tuman 2-son IMI
#Birinchi_qoʼngʼiroq

🎊 YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2023-yil 4-sentabr kuni
o'quvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar hamda mehmonlar ishtirokida davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami hamda "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri bo'lib o'tdi.

❇️ Tadbirda o'quvchilar tomonidan istiqlolimiz va ustozlarni tarannum etuvchi she'r, kuy-qo'shiq va donolarning hikmatli so'zlari ijro qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun mamlakatimizdagi barcha o‘quvchilarning yuz-ko‘zida quvonch, dilida hayajon — maktablarda yangi o‘quv yili boshlanmoqda.

Alohida ta’kidlab o‘tish lozim, joriy o‘quv yilining dastlabki kuni barcha maktablarda o‘zgacha shukuh va katta xursandchiliklar bilan o‘tmoqda. Ilk bor “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etayotgan 1-sinf o‘quvchilarining ko‘zlaridagi hayrat va hayajon esa ota-onalar, bobo-buvilarning sevinchiga ulanib ketgan.

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida davlatimiz madhiyasi sadolari ostida jonajon Vatanimiz bayrog‘ining baland ko‘tarilishi ham, aminmanki, murg‘ak yuraklarda katta faxr va iftixor uyg‘otdi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xalqaro talablarga mos yangi darsliklar asosida tahsil olishi barcha uchun katta xushxabar bo‘ldi. O‘ylaymanki, ushbu darslik va qo‘shimcha o‘quv qo‘llanmalari ota-onalar, o‘qituvchilarga ham juda manzur bo‘lmoqda.

Buni “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida so‘z olgan pedagoglarning Davlatimiz rahbariga bildirgan minnatdorlik so‘zlaridan ham anglash mumkin.

⚡️Yangi o‘quv yili — yangi qadamlar barchamizga muborak bo‘lsin!
#Birinchi_qõnģiroq
#Termiz_shahar_3_son_ixtisoslashtilgan_ maktab
🏣Termiz shaha 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri o'tkazildi.

Dastavval, 2023-2024-o'quv yiliga qabul qilingan 5-sinf o'quvchilari bayramona kutib olindi. “Bilimlar kuni” doirasida tashkillangan tadbirda ustoz-murabbiylar, ota-onalar va iste'dodli o'quvchilar ishtirok etdi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook  Telegram