Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
672 subscribers
31.5K photos
1.2K videos
1 file
5.43K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Sherobod_tumani

Ta'limda boshqaruv: Ixtisoslashgan maktablar umumta'lim maktablari uchun tayanch vazifasini o'taydi

Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta`lim bo`limi tasarrufidagi 56-umumta`lim maktabida tumandagi barcha umumta'lim maktablarining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida "Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta'lim maktablariga tadbiq etish" maqsadida o'quv-amaliy seminari o'tkazildi.

Seminar-treningdan asosiy maqsad, umumta’lim muassasalarining lider o‘qituvchilarini ta’lim-tarbiya berish jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanishi, o‘quvchilarning olgan bilimini hayotda qo‘llay olish ko'nikmasini oshirishdan iboratdir.

🌐
Sherobod tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TAJRIBASI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIGA TADBIQ ETILMOQDA"

⚡️Bugun Uzun tumanidagi 1-maktabda  umumiy o'rta ta'lim maktablarining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida o'quv-amaliy seminari tashkil etildi. Seminarni Uzun tuman IM ning ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Rajabov Muzaffar Normurotovich olib bordi.
Kun tartibi:
1.Ma’naviyat tushunchasi va o’quvchi yoshlarning mafkuraviy  imunitetini shakllantirish, sog’lom muhit va ezgu g’oyalar ruhida tarbiyalash usullari.
2.O’quvchi-yoshlar hamda maktab jamoasi o’rtasida sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish mexanizmi.
3.Ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish metodlari va targ’ibot tadbirlarini tashkil etish tartiblari.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#SEMINAR
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
HAMKORLIGI YO'LGA QO'YILDI.

Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Nurmuhamedov Anvar Alimardonovich tomonidan umumiy o'rta ta'lim maktablarining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumiy o'rta ta'lim maktablariga tadbiq etish" mavzusida o'quv seminar o'tkazildi.
Jumladan:
Ma’naviyat tushunchasi va o’quvchi- yoshlarning mafkuraviy  imunitetini shakllantirish usullari.
O’quvchi-yoshlar hamda maktab jamoasi o’rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish.
Ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook