Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
648 subscribers
34.1K photos
1.25K videos
2 files
5.82K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Boysun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

#imtihon_2023

Bugun 1-iyun kuni Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf  o’quvchilaridan Fizika va 11-sinf o‘quvchilaridan  Matematika fanidan Yakuniy davlat imtihoni bo'lib o'tdi.

Jarayonlar boshlanishidan oldin mas'ullar tomonidan o'quvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.

🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉Telegram | 👉Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

BESH TASHABBUS YOSHLARGA BERAR QANOT.

🥇SHAXMAT


"Besh tashabbus olimpiadasi" da shaxmat turi boʻyicha o'tkazilgan musobaqaning viloyat bosqichining 16-30 yosh toifasi qizlar o'rtasida Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf oʻquvchisi Hayitova Dilshoda faxrli 1-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram
| Facebook
#Boysun_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan tadbir va sport  musobaqalari o‘tkazildi

Bugun, 1- iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Boysun tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari orasida IT yo‘nalish  bo‘yicha kibersport, sportning valeybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalar davomida o‘quvchilar faol qatnashdilar.

🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉Telegram | 👉Facebook
Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasi umumiy o'rta ta’lim maktablariga tadbiq etilmoqda

❇️Bugun Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarni Denov tuman 2-son IMI va Denov tuman 1-son IM larning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari olib bordi.

❇️Seminar mobaynida o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlariga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatiga doir ma'lumotlar berildi.

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram | Facebook | Instagram |
#SEMINAR
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
HAMKORLIGI YO'LGA QO'YILDI.

Joriy yilning 2-iyun sanasida Termiz shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining O'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari ALLASHEVA SEVARA KARSHIYEVNA tomonidan Umumta'lim maktablarining O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta'lim maktablariga tadbiq etish" mavzusida   o'quv-amaliy seminari o'tkazildi.
Jumladan:
Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati bilan tanishtirish va hujjatlar bilan ishlash usullarini o'rganish
Ixtisoslashtirilgan maktablar va umumiy o'rta ta'lim maktabidagi baholash tartibining afzalligi to'g'risida,
Ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qituvchilarning qabuli to'g'risida ma'lumotlar berildi.

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi manzilimiz:

Telegram Facebook