Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
634 subscribers
42.1K photos
1.55K videos
3 files
7.18K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
⚠️ Xavfsiz hayot uchun...

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Boysun ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Milliy gvardiyasi, tibbiyot birlashmasi, mudoffa ishlari bo‘limi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida o‘quvchi yoshlar ishtirokida o‘quv-amaliy ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Amaliy seminar davomida o‘quvchilarning ta’til kunlarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, tashqi texnogen vaziyatlarda ya’ni dam olish maskanlari, suzish xavzalari, shuningdek, oromgohlarda to‘g‘ri harakatlanish, to‘g‘ri ovqatlanish, ob-havoning issiq paytlarida sog‘lik uchun xavfli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda gigiena qoidalariga amal qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport tadbirlariga ko‘proq e’tiborli bo‘lish yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

O‘quv-amaliy seminarda mas’ul xodimlar ishtirokida ko‘rgazmali vositalar orqali tushunchalar berilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob va tavsiyalar berildi.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
#Amaliy_tashrif

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi PF-106 son farmoning 3-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida:
Joriy yilning 23-may kuni Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchi-yoshlari Denov shahridagi Shifo Med xususiy klinikasida navbatdagi amaliy tashrif bilan bo'lishdi.

Tashrif davomida o’quvchi-yoshlar o’zlarining olayotgan nazariy bilimlarini soha mutaxassisi tomonidan amaliy bajarib ko’rdilar hamda u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

🌐 Bizni kuzatib boring
Facebook | Telegram | Instagram
👍2
#buyuk_allomalar

🏢 Termiz shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati

📚 Bugun maktab-internatining 8- sinf o'quvchilari oʻrtasida Birinchi
Renessansga katta hissa qoʻshgan buyuk allomalarimiz Muso Al-Xorazmiy ilmiga bagʻishlangan "Buyuk alloma" deb nomlangan viktorina oʻtkazildi.

📔Viktorinada oʻquvchilar ikki allomaning faoliyati toʻgʻrisida 10 tadan faktlar keltirishdi.
Shundan soʻng oʻquvchilar "Zinama-zina" metodi asosida kartochkada berilgan savollarga javob berishib, pogʻonalardan koʻtarilishdi.
Qiziqarli va munozaralarga boy tarzda oʻtgan viktorinada ikki guruh ishtirokchilari faol qatnashib, durang natija qayd etishdi.
🎯Bu mashgʻulot oʻquvchilarning allomalarimiz toʻgʻrisidagi bilim va tasavvurlarini oshirish uchun xizmat qildi.

📌 Bizni kuzatishda davom eting

Telegram Facebook