Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
629 subscribers
36.5K photos
1.41K videos
2 files
6.27K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Termiz_shahar_3_son_ixtisoslashtirilgan_maktab

🌷Bahor bayramlar bilan boshlanadi. Ko'klamning ikkinchi haftasida 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramini nishonlaymiz. Ushbu sana munosabati bilan Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabda  "8-mart Xalqaro Xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan "Aziz va mo‘tabar ayol!" shiori ostida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
💐Tadbirda o‘quvchilar tomonidan ayollarni ulug‘lovchi she’rlar, raqslarlar, kuy va qo‘shiqlar bilan bayramona tabriklar yangradi. Tadbir davomida faol o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook  Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтди

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось торжественное мероприятие по случаю Международного женского дня

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz,
aziz ustozlar!


Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman.

Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi.

Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman.

Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


@hilola_umarova