Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
634 subscribers
42.1K photos
1.55K videos
3 files
7.18K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#IMA
#BOYSUN_IM
#Tabiiy_ofatlar

Tabiiy ofatlarda harakatlanish

Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimiga qarashli Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari orasida tuman FVB, TB, MG xodimlari bilan hamkorlikda "Tabiiy ofatlarda harakatlanish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida o‘quvchilarga zilzila, suv toshqini, yer ko‘chkisi, yuqumli kasalliklarda qanday choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉
Telegram  👉Facebook
👍1
#amaliy_tashrif

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchi sinf o'quvchilari Denov shahrida joylashgan hududi 6 gektar, loyiha qiymati 20 mln dollar, yiliga 6300 tonna ip-kalava tayyorlash quvvatiga ega "DENOV TEKSTIL" paxta-to'qimachilik klasteriga amaliy tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o'quvchilar korxonaning ish faoliyati, undagi texnologiyalar, ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, o'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javob oldilar.

🌐 Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram/ Facebook/ Instagram
👍1
#profilaktik_o'rganish

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida qo'shni tumanlardan kelib, aholi xonadonlarida ijarada yashovchi o'quvchilarning yashash sharoitlari o'rganildi.

O'quvchilarning yashash xonadonlaridagi sharoitlar, dars tayyorlashlari uchun qulayliklar, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari o'rganildi.

O'quvchilarning muammolarini o'rganish uchun keng doirada suhbat uyushtirildi. Suhbat davomida o'quvchilar o'z turar joylaridagi sharoitlardan mamnun ekanliklarini aytib o'tishdi.

🤝 Shuningdek, uchrashuv davomida xonadon egasi bilan suhbatlashib, o'quvchilarga sharoit yaratish va ularning nazorati bo'yicha maktab bilan hamkorlikda ish olib borish taklifi bildirildi.

🌐 Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram/ Facebook/ Instagram
👍1
#IMA
#QIZIRIQ_TUMAN_ IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI
JARAYON

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanishda 3-chorak summativ baholash(CHSB) bo'yicha yuqori natijalarga erishgan o'quvchilar va ushbu o'quvchilarning ustozlari ham sinflar kesimida munosib taqdirlandi.

Ushbu tadbirda "ZAKOVAT" intellektual o‘yida Viloyat bo'yicha 1-o'rinni, Respublika bosqichida yuqori 6-o'rinlarni egallab, mavsumni yakunlagan maktabimizning "PIIMA" jamoasi moddiy rag'batlantirish va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🪩 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting! 👇👇👇

Facebook  /  Telegram
👍3