Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
655 subscribers
34.2K photos
1.25K videos
2 files
5.85K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Jarayon
#Angor tuman

"14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni"

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bir qator sport musobaqalariga start berildi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "YANGI OʻZBEKISTON ARMIYASI-MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI" shiori ostida sportning shaxmat-shashka, qoʻl kuchi, arqon tortish, tosh koʻtarish, stol tennissi, kamondan oʻq uzish yoʻnalishlari boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazildi.
Shuningdek Angor tuman Mudofaa boʻlimi bilan hamkorlikda harbiy qurol aslahalar bilan oʻquvchi yoshlar yaqindan tanishtirildi.
Sport musobaqalari va koʻrgazmalar kptarinki ruhda oʻtdi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram|Facebook|Instagram

Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!

Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori