Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
663 subscribers
32.2K photos
1.21K videos
2 files
5.54K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Oltinsoy_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Yangi baholash tizimi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 7-yanvar sanasida "Yangi baholash tizimi va GRE sertifikatlari" mavzusida oʼquv-trening tashkil etildi.

📊 Unda tumandagi  umumiy oʼrta ta'lim maktablarining 42 nafar fan oʼqituvchilaridan iborat   pedagog xodimlari ishtirok etdilar.

📌Oʼquv-trening  mashgʼulotlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bagʼishlash bilan birga mezonlarga asoslangan baholash tizimi boʼyicha ma'lumotlardan xabardor boʼlish va mustahkamlash, oʼqituvchi-oʼquvchi oʼrtasidagi ijobiy va doʼstona muhitni yaratish orqali ta'lim sifat hamda samaradorligini yuqori darajalarga olib chiqish yuzasidan tavsiya va takliflari, amaliy mashgʼulotlari bilan foydali boʼldi.

✔️Ishtirokchilar bunday treninglarni tez-tez oʼtkazib turish taklifini bildirdilar.


✍🏻
✍🏻Bizni kuzatishda davom eting 👇

        •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

|Facebook |Instagram |Telegram
#Oltinsoy_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Psixologik_trening

💫💫💫💫💫💫

⚡️Oltinsoy tuman  Ixtisoslashtirigan maktabida Tarix fani oʻqituvchilari uchun "Kasbiy rivojlanish kuni " tashkil qilindi. Unga maktab psixologlari tomonidan ustozlarni kutib olish uchun qiziqarli trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

⚡️Maqsad:
_Oʻqituvchilarimizga pozitiv kayfiyat ulashish.


✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda obuna bo'ling 👇

        •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

|Facebook |Instagram |Telegram
#oʻquv_seminari
#direktorlar_kengashi
#Surxondaryo_viloyati

📌Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi hamda Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Oltinsoy tumanidagi umumta’lim muassasalari direktorlari uchun “Ta’lim muassasalarida sifat menejmenti: Zamonaviy yondashuvlar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Xudayberdiyev hamda Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi raisi E.Isaqova ochib berdi.

📝Ushbu seminar bir nechta sho‘balarda tashkil etilgan bo‘lib, unda ta’lim tizimiga aloqador so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, xususan,“Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezident farmon, qarorlari, hukumat qarorlari bilan yaqindan tanishtirildi.

🔗Qolaversa, ta’lim muassasasini samarali boshqarish, liderlik ko‘nikmalari shakllantirish, odob-axloq qoidalari haqida ham alohida sho‘balarda mashg‘ulotlar olib borildi.


🌐 Bizni kuzatib boring 👉
@direktorsurxon