Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
648 subscribers
34K photos
1.25K videos
2 files
5.82K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

 KORRUPSIYA - ADOLAT KUSHANDASI.


❇️ Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 7-8-sinf  o'quvchilari o'rtasida "Korrupsiya - adolat kushandasi" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
🟦🟦🟦

🏆 Oʻtgan yili Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida faxrli 🥉 3-oʻrinni egallagan Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi aʼzolari boʻlgan uch nafar oʻquvchi joriy yilda oʻz imtiyozlaridan foydalangan holda yurtimizdagi nufuzli ikki oliy taʼlim muassasalarining talabasi boʻlishdi.

Unga koʻra:
Omonullayev Abdulfayz Oʻktamovich (rasmda chapdan uchinchi) — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga;

Mustafaqulov Anas Olouddin oʻgʻli (rasmda chapdan ikkinchi) — Toshkent tibbiyot akademiyasiga;

Ashirmurodov Musulmon Nurmuhammad oʻgʻli (rasmda oʻngdan birinchi) — Toshkent tibbiyot akademiyasiga imtiyoz asosida qabul qilindi.

Ushbu jamoaning qolgan 2 nafar aʼzolari Hamdamov Asadbek Xolboy o’g’li (Toshkent tibbiyot akademiyasi) va Xushboqov Umidjon Zokir oʻgʻli (Termiz davlat universiteti) imtiyozdan foydalanmasdan turiboq oʻz maqsadiga erishdilar. Axmadov Dilshod Farxod oʻgʻli esa oliy taʼlimni Koreya Respublikasida davom ettirmoqda. Tarkibdagi yana bir nafar oʻquvchi Xojiyev Fayzi Komilovich esa ayni damda 11-sinf oʻquvchisi hisoblanadi. Fursatdan foydalanib Surxondaryo viloyati uchun hozircha eng yaxshi va tarixiy natijani qoʻlgan kiritgan Denov tuman 2-IMI jamoasining talabalik baxtiga muyassar boʻlgan barcha bilimdonlarini tabriklaymiz. Kelgusi ishlaringizga omad. Oliy taʼlim muassasalarida bundanda yuksak marralar sizni kutmoqda.

📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
#Denov_tuman_1- son_IM
#Seminar - trening

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida viloyat maktab maslahatchilari uchun "Kelajakdagi zamonaviy kasblar: talab va imkoniyatlar" mavzusida seminar- trening tashkil etildi.
Seminar - trening o'tkazishdan maqsad hamkorlik va o'zaro fikr almashishdan iborat.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇
   •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Telegram /Facebook / Instagram
#Termiz_shahar_3_son_ixtisoslashtirilgan_maktab
🏣Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktyabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan  sport musobaqalari o'tkazildi.

Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida 6-7- sinf o'quvchilari o'rtasida "Besh muhim tashabbus" doirasida futbol sport musobaqasi tashkil etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook  Telegram