Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
672 subscribers
30.9K photos
1.19K videos
1 file
5.35K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
🌱BMTTR/YI mintaqaviy loyihasi rahbari Isomiddin Akramovdan ko‘plab yangi ma’lumotlarni bilib oldik. U jahon suv resurslari naqadar samarali (yoki samarasiz) ishlatilayotgani hamda 17 ta milliy Barqaror Rivojlanish Maqsadlari haqida so‘zlab berdi.

So‘ng suvdan ikkilamchi foydalanish bo‘yicha munozaralarda ishtirok etdik, "Aqlli issiqxona" bo‘yicha dastur ishlab chiqishni va art-installyatsiya bo‘yicha taqdimot tayyorlashni boshladik.

Kun esa hali yarmiga keldi, xolos. Oldinda - sayyor ekskursiyalar!
__

🌱Много полезного узнали сегодня от руководителя регионального проекта ПРООН/ЕС Исомиддина Акрамова. Он рассказал нам о эффективности (неэффективности) использования мировых водных ресурсов, 17 национальных Целях Устойчивого Развития.

Мы участвовали в дебатах по вторичному использованию воды, начали разработку программы по «Умной теплице» и готовить презентацию по арт-инсталляции.

И это только середина дня. Впереди – выездные экскурсии!

#Eco_Schools_Uzbekistan.
#Эко_IT_Лагерь
#Eko_IT_Oromgohi
#Tashkent

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birgalikda bir kunda ko‘p narsaga bemalol ulgurish mumkin: ma’ruzalardan amaliyotgacha, guruh mashg‘ulotlaridan qiziqarli ekskursiyalargacha!

Eko-IT oromgohimizning tadbirlarga boy, yorqin va shiddatli o‘tgan birinchi kuni haqidagi videohisobotni tomosha qiling.
__

Когда мы вместе, за один день успеть можно многое! От лекций до практики, от групповых занятий до интереснейших экскурсий.

Ловите видеоотчет о насыщенном, ярком, интенсивном первом дне нашего Эко-IT-лагеря.

#Eco_Schools_Uzbekistan
#Эко_IT_Лагерь
#Eko_IT_Oromgohi
#Tashkent

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
#Muvaffaqiyat
#SizlarBilanFaxrlanamiz

⚡️Agentlik tizimidagi maktablarga o'quvchilar kabi o'qituvchilarni ham bir nechta imtihonlarda sinab, keyin qabul qilamiz. Chunki eng kuchli o'quvchilarga eng kuchli ustozlar dars berishlari kerak, deb hisoblaymiz.

Ana shunday ustozlarimizdan biri - Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Dono Saidahmedova🔥

📍Joriy yilning 1-30-sentabr kunlari o'tkazilgan maktab oʻqituvchilari oʻrtasidagi “Barqaror rivojlanish uchun taʼlim yoʻnalishidagi ilgʻor tajribalar” tanlovida ustozimiz g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ustozlar, biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

🔴IJOD MAKTABIDA ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN SEMINAR BO'LIB O'TMOQDA

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida ona tili va adabiyot fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish" mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilishni Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev kirish so'zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga darsliklar va bugungi seminarning ahamiyati haqida so'zlab berdi.

🔰 Ushbu seminarda Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari fanni o'qitish metodikasini yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy bilimlarini oshirmoqda.

❗️Shuningdek, seminar-trening doirasida 8- va 11-sinf yangi adabiyot darsligi taqdimoti ham tashkil etildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Agentligimiz tizimida bir-biridan iste'dodli ko'plab yoshlar tahsil olishadi. Ularning har bir yutug'i qalbimizni faxr va iftixorga to'ldiradi.

Kuni kecha Agentligimiz tizimidagi maktablar o'quvchilarining Turkiya davlatida bo'lib o'tgan 14-xalqaro fanlar olimpiadasida g'olib bo'lishgani ham shunday yutuqlarimizning davomi bo'ldi.

Unda o'quvchilarimiz jami 4 ta medal sohibi bo'lishdi:

🥇Farg'ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Nilufar Ibrohimova matematika fanidan 1-o'rinni;
🥈Qo'qon shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi Ahadov Ayyubxon matematika va ingliz tili fanlaridan ishtirok etib, 2 ta kumush medalni;
🥉Farg'ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Fazilatxon Ahadova esa ingliz tili fanidan 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

📌Mazkur olimpiada joriy yilning 30-oktabridan 6-noyabriga qadar bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilarimiz dunyoning 10 dan ziyod mamlakatidan kelgan yoshlar bilan o'zaro kuch sinashishdi.

❗️Keyingi faoliyatingiz va o'qishlaringizda omad yor bo'lsin, aziz yoshlar!

Bizni
kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Olimpiada

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 66 NAFAR 10-SINF O‘QUVCHILARI OLIMPIADADA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITISHDI

🔰Xabaringiz bor, joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📆5-6--noyabr kunlarida 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiada o‘tkazilib, natijalar e‘lon qilindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 66 nafar 10-sinf o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi.

Hududlar kesimida:
Surxondaryo 7
Namangan 7
Farg’ona 7
Xorazm 6
Toshkent shahar 5
Qashqadaryo 5
Andijon 5
Toshkent viloyati 4
Sirdaryo 4
Navoiy 4
Buxoro 4
Samarqand 3
Qoraqalpog’iston 3
Jizzax 2

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Loyihaga_asoslangan_talim
#Seminar_trening

🟢Termiz shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlari o‘qituvchilari uchun "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🟢Ushbu seminar-treningga hududdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridan jami 160 nafar pedagog o‘qituvchilar jalb qilindi. Treningda pedagoglar nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab, o‘zlarining jamoaviy loyihalarini yaratdilar.

📎Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari pedagog kadrlari uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida 7-10 noyabr kunlari treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#PTMA
#Denov_2_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

⚡️DENOV TUMANI 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI O'QITUVCHILARI UCHUN TRENING TASHKIL ETILDI.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida jamoaning ruhiy holatini o'rganish uchun "Kasbiy stress"mavzusida trening tashkil qilindi, bunda trening ishtirokchilarining stress holati diagnostika qilindi, stressning ijobiy va salbiy tomonlari haqida ularga ma'lumot berilib, ijobiy kayfiyat beruvchi mashqlar va o'yinlar tashkil qilindi.


Prezident ta’lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo`limi axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#PDQ
#Seminar_trening

🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarning rahbar va pedagog-kadrlari uchun PDQ (Professional Development Qualification) dasturi yuzasidan seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

Seminar-treninglar Cambridge Assessment International Education tashkilotining PDQ dasturini joriy qilishda metodik ko'mak ko'rsatish maqsadida tashkil etilgan.

🔹Unda Agentlik tizimidagi Prezident va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan 29 nafar rahbar va pedagoglar ishtirok etishmoqda.

📆 Mazkur treninglar Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining trenerlari tomonidan 9-noyabrga qadar bo'lib o'tadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube