Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
616 subscribers
42.1K photos
1.55K videos
3 files
7.18K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR!

  Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-A sinf o'quvchisi Abdumurodova Komila Oybek qizi ingliz tili fanidan "CEFR B2" milliy sertifikatini qo’lga kiritdi.
Albatta bu bilan cheklanib qolmasligiga va bundanda yuqori natijalarga ham erishishiga ishonamiz.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

  Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ingliz tili bo‘yicha an’anaviy “Spelling Bee” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov o‘quvchilarning ingliz tilidagi imlo va talaffuz bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ularni nutqiy faoliyatga jalb qilish va musobaqalashuv ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazishdi. Ishtirokchilar ingliz tilidagi so‘zlarni to‘g‘ri aytish va imlo bo‘yicha yozishda o‘zaro bellashdilar. Tanlov jarayonida qatnashchilarning nutq madaniyati, diqqat-e’tibor va tezkor fikrlash qobiliyatlari namoyon bo‘ldi.

G‘oliblar hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholash asosida aniqlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

 Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mahorat darsi, quyida ingliz tili fani o'qituvchisi Ibodullayev Azim tomonidan 6-sinf o'quvchilariga Gerund va infinitive mavzusi bo'yicha mahorat darsi o'tkazildi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan o'g'il bolalar o'rtasida shaxmat musobaqasi o'tkazildi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"JASORAT-MILLAT G'URURI VA IFTIXORI"

  Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may -"Xotira va qadrlash kuni" ga bag'ishlanib "Jasorat - millat g'ururi va iftixori" mavzusida ertalabki saflanishda o'quvchilarga ma'lumotlar berildi va Sharaf lentalari taqildi.
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazida bo'lib kelmoqda.O'quvchi yoshlar ishtirokida keksalar holidan habar olindi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

"Xotira aziz, qadr muqaddas"

Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira aziz, qadr muqaddas" shiori ostida tadbir kechasi tashkil etilib. Motamsaro ona monumenti poyiga gullar qo‘yishdi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Sh.Najmiddinov tomonidan "Maktabda ta'lim sifati" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

🔹 Kasb tanlash – kelajak poydevori! 🔹

📍 Termiz iqtisodiyot va servis universitetining malakali professor-o‘qituvchilari ishtirokida bizning maktabimizda kasbga yo‘naltirilgan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning turli sohalarga, xususan tibbiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kasb tanlashiga ongli yondashuvni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

🩺 Suhbat davomida o‘quvchilarga tibbiyot sohasi, uning jamiyatdagi o‘rni, dolzarb yo‘nalishlari va kelajakdagi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

👨‍🔬 Tadbirda Kimyo fanlari nomzodi Juma Bakirov ishtirok etib, o‘zining bilim va tajribalari bilan o‘quvchilarni ilhomlantirdi.

📚 Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning kelajak hayotiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

🧪🔋 "Yosh akademiklar" amaliyotda – fan va tajriba uyg‘unligi!

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Yosh akademiklar” klubi a’zolari fizika fanidan navbatdagi amaliy mashg‘ulotni muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

📌 Klub a’zolari maktabimiz fizika fani o‘qituvchisi Ismatov Elmurod boshchiligida “Tok manbaining EYK (elektrodvijitel kuchi) va ichki qarshiligini o‘lchash” mavzusida laboratoriya ishi bajarishdi.

🔍 Ushbu amaliy ish davomida o‘quvchilar elektr zanjirini to‘g‘ri yig‘ish, o‘lchov asboblaridan foydalanish, grafik asosida EYK va ichki qarshilikni aniqlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

🚀 “Yosh akademiklar” klubi a’zolari ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlari, izlanishga bo‘lgan intilishlari bilan ajralib turishmoqda. Har bir tajriba – bu kelajakdagi muhandis, fizik yoki ixtirochining ilk qadami.

🧠 Ilmli yoshlar – yurt kelajagi!

🌐Ijtimoiy
tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O’quvchilarning olgan bilimlarini sinovdan o'tkazish uchun
4 - chorak yakuni bo’yicha CHSB jarayonlari onlayn bo'lib o'tmoqda.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook