Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
656 subscribers
32.9K photos
1.23K videos
2 files
5.63K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
Boysun tumanida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar keng nishonlanmoqda

Orziqib kutgan mana shu go‘zal bahor kunlari, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun Boysun tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida faol qizlar o‘rtasida "OFARIN, QIZLAR" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi qizlar o‘zlarining epchilligi va chaqqonligini namoyon etdilar. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.

Darhaqiqat, ayol zoti o‘zining nafosati va latofati, muhabbati va sadoqati, onalik mehri bilan tom ma’noda Yaratganning tengsiz mo‘jizasidir.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ayollar masalasida jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ayollarimiz uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarning o‘z bilim va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishini ta’minlovchi tizim yaratilganligi bejizga emas.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
#Sherobod_tuman_IM
#Xotin_qizlarni_e_zozlash_haftaligi

📝 Ona tili - oilamiz timsoli, mehr bulog`i

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Ayolga ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos oliyjanob qadriyat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda maktab o`quvchilari o`rtasida "Ona tili - oilamiz timsoli, mehr bulog`i" mavzusida insholar tanlovi o`tkazildi.

🔎 Ko`zlangan maqsad: Oila va Vatan haqidagi bilim va tushunchalarni sharhlab, o’quvchida ota – onaga hurmat, ona – zaminga sadoqat tuyg’usini shakllantirish.

🌐 Sherobod tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Matematika

Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati

💤Mahorat darslarini
tashkil etish davom etmoqda.

Mahorat darslari tashkil etilishidan maqsad:
Pedagoglarda yangi ğoyalarni vujudga keltirish;
Õzaro fikr almashish;
Yangicha metodika;
Pedagogik salohiyatni shakllantirish;
Õquvchilar bilan ishlash usullari oshirishdan iborat.
Õtkazilgan mahorat darsi Matematika fani õqituvchisi D.Jumayev
tomonidan "Ikki nomalumli chiziqli tenglamalar sistemasini determinanat usulida yechish" mavzusi asosida ochiq dars tashkil qilindi.


▶️🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook/Telegram