Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
664 subscribers
31.9K photos
1.21K videos
1 file
5.49K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
🌺 "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!"

Ayni kunlarda xalqimizning qadimiy urf-odatlari, umrboqiy anʼana va qadriyatlarini o‘zida ifoda etgan Navro‘zi olam tadbirlari, bayram sayillari davom etmoqda.

Bu yilgi Navro‘z azalgidek har tomonlama xosiyatli, qutlug‘ qadamlar bilan boshlanayotganiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Navro‘z sayillarini keksayu yosh – barcha yurtdoshlarimiz katta xursandchilik va ko‘tarinki ruh bilan o‘tkazmoqda.

Jumladan, bugun ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligiga qarashli Boysun tumani ixtisoslahtirilgan maktabida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda milliy urf odatlar, milliy qadriyatlarni o‘zida jamlagan liboslar, hunarmandchilik mahsulotlari, buyumlar hamda milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy qo‘shiqlar, folklor raqslar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
#IMA
#BOYSUN_IM
#davra_suxbati

🇺🇿 Xususiy Universitetlar bilan hamkorlik 🇺🇿

🏢Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti pedagoglari hamda maktab oʻquvchilari oʻrtasida "Xususiy Universitetlarda talabalarga yaratilgan sharoitlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️ Suhbat natijasida oʻquvchilar bugungi kundagi xususiy OTM larning afzalliklari hamda ularda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.


🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉
Telegram | 👉Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

Yoshlar-Uchinchi Renessans va yangi maʼnaviy makon bunyodkori.

Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-sinf o'quvchilari bilan "Yoshlar-Uchinchi Renessans va yangi maʼnaviy makon bunyodkori" mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  Munavvar qori Abdurashidxonov ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-sinf o‘quvchilari bilan “Bir tahdidga besh zarba” texnologiyasi asosida yoshlarda Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook