Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
665 subscribers
31.8K photos
1.21K videos
1 file
5.48K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#IMA
#QIZIRIQ
#JARAYON
#Mushoira
#Gʻazalxonlik

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijodkor o'quvchilari o'rtasida "Buyuk davlat arbobi, ulug' mutafakkir, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi" munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi.

Ijodkor o'quvchilar tomonidan o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi, g'azal va ruboiylarini  aytishdi.

🪩 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting! 👇👇👇

Facebook / Telegram
#IMA
#Uzun_tuman_IM
#JARAYON
"BESH TASHABBUS AMALDA"
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentli tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchisi Zakirov Alibek Taekwondo ITF sport turining massogi yo'nalishi bo'yicha yoshlar, o'smirlar, hamda kattalar o'rtasida Surxondaryo chimpionati musobaqasida +40 kg vazn toifasida g'oliblikni qo'lga kiritib II-darajali  diplom bilan taqdirlandi.
Ikkinchi tashabbus:Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
#IMA
#Uzun_tuman_IM 

"ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI"

  "BESH TASHABBUS AMALDA"

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Rassomchilik"  to'garagi a'zolari o'rtasida  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Sehrli mo'yqalam" tanlovi tashkil etildi.
Birinchi tashabbus:Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.                  

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IMA
#Uzun_tuman_IM 

"ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI"

  "BESH TASHABBUS AMALDA"

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Rassomchilik"  to'garagi a'zolari o'rtasida  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Sehrli mo'yqalam" tanlovi tashkil etildi. Tanlov Zahiriddin Muhammad Bobur ruboyilari bilan yanada go'zallashdi.
Birinchi tashabbus:Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.                  

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
#ITMA
#BOYSUN_IM
 
  MA‘NAVIYAT VA MA‘RIFAT SOATIDAN OCHQ DARS OʻTKAZILDI

  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Boysun tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 6-"A" sinf o‘quvchilari bilan sinf rahbari Yulduz Umarova ma‘naviyat va ma‘rifat soatida "Tarix qaridagi ikki nur" mavzusida ochiq dars o‘tdi.
Ochiq darsda:
1)Sinf ikki guruhga bo‘lindi.
2)Guruhlar nomlari berilgan A.Navoiy va Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida ma‘lumot berdi.
3)A.Navoiy va Z.M.Bobur hayoti va ijodiga  oid videorolik namoyish etildi.
4)Guruhlar o‘rtasida bahrubayt tashkil etildi.
5)A.Navoiy va Z.M.Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.
6)Ingliz tilida A.Navoiy va Z.M.Bobur hayot va ijodi haqida ma‘lumotlar berildi.
7)O‘quvchilar tomonidan A.Navoiy va Z.M.Boburlarning rasmlari chizildi.
8)Mavzu yuzasidan savol javoblar tashkil etildi.
9)Faol qatnashgan o‘quvchilar va guruhlar rag‘bat kartochkalari bilan rag‘batlantirildi.

🌍Bizni ijtimoiy tarmoqlar

👉Telegram | 👉Facebook