Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
655 subscribers
34.2K photos
1.25K videos
2 files
5.84K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

“FARZANDIMNING TAQDIRIGA BEFARQ EMASMAN”

   ⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024 yil 10-fevral kuni “Otalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va mas’uliyatini oshirish” mavzusida navbatdagi "Otalar yig'ilishi" tashkil etildi. Otalar yig'ilishida o'quvchilarning dars mashg'ulotlarida qatnashishlari, davomat tahlili, bugungi kunda ta'lim -tarbiya jarayonidagi o'zgarishlar va yangiliklar, haftaning har yakshanba kunida "Dadam bilan bir kun" loyihasi doirasida farzadlari qabul kunini tashkil etish haqida tushuntish ishlari olib borildi. Maktab ma'muruyati va ota-onalar hamkorlikda ishlashga erishildi.
   
      
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
#Surxondaryo_viloyati
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar, Xalqaro iqtisod olimpiadasi hamda Xalqaro geografiya olimpiadasi o'tkazilmoqda.
Unda Surxondaryo viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

Tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha bilimli, ushbu fanga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor o'quvchilarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va  rag‘batlantirishdan iborat.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

"OTALAR YIG'ILISHI"

⚡️“Farzandim kelajagiga befarq emasman”

🏢  Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi. 

Yig'ilishda ota-onalar bilan farzand o'rtasidagi munosabatlarda ta’lim va tarbiya masalalari haqida suhbatlashildi, videorolik namoyish etildi hamda "Mening farzandim" mavzusida trening o'tkazildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Bandixon_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Otalar_yiğilishi

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 13-mart kuni viloyatimizga qilgan tashriflari davomida "Surxondaryo tajribasi" sifatida haftaning shanba va yakshanba kunlarini "Otalar yig'ilishi" sifatida belgilab berildi.

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oilaviy muhitning ijobiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  "Otalar yig'ilishi"  o'tkazildi. 10-sinf o'quvchilarning II-chorak yakuni bo’yicha CHSB jarayonlarida olgan ballari va oliy ta'lim muassasalariga bo'lgan tayyorgarligini yanada oshirish maqsadida olingan blok testlari bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi. 
Farzand tarbiyasida otalarning o'rni va  ahamiyatini yanada oshirishni tizimli yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlab o'tildi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook