Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
625 subscribers
42K photos
1.55K videos
3 files
7.13K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Sherobod_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi #Zahriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

✍️Navoiy hamda 🔱 Bobur gʻazallari adabiyotimiz gavhari hisoblanadi. Bu buyuk bobokalonlarimizning xotirasi hamisha yodimizdadir.

🏢 Tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat boʻlinmasi, 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Sherobod tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida oʻtkazilgan ma’naviy kecha ham Navoiy hamda Bobur xotirasiga bagʻishlandi.

🔹Kechada Navoiy hamda Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#Qiziriq_ixtisoslashtirilgan_maktabi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10-11 sinf o‘quvchilarni IT soxasiga qiziqtirish maqsadida "Thinkland" jamoasi yetakchisi "Fulstek" veb dasturchi, 3 yillik tajribaga ega IT dasturchisi Azimjon Norqobilov bilan online (ZOOM) platformasi orqali uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Azimjon Norqobilov o'quvchilarga o'z tajribalaridan kelib chiqib, maslahatlar berdi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlab madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

❇️Tadbirda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#582_yilligi
#Alisher_Navoiy

G‘azal mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qalamiga mansub "Qilg‘il" radifli g‘azali.

Termiz shahridagi Prezident maktabi pedagog-tarbiyachilari

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Mir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

Alisher Navoiyning ilmiy va ijodiy merosi bitmas-tuganmas ummondir. Buyuk ajdodlarimizning betakror ilmiy-maʼnaviy merosi biz uchun hayotiy dasturga aylanishi lozim.

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening
#Sariosiyo_tumani

🔰 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida Sariosiyo tumanida seminar-treninglari bo'lib o'tmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta'lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

❗️ Bugun Sariosiyo tumani, Uzun tumani, Oltinsoy tumani va Sherobod tumani umumta’lim maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

📌Treninglar butun viloyat bo‘ylab bo'lib o'tmoqda va viloyatimizning barcha hududlaridan 934 nafar maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram