Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
628 subscribers
42.1K photos
1.55K videos
3 files
7.18K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Boysun Tumani Hokimligi (ЮНУС ХОЛИЁРОВ ШАВКАТОВИЧ)
🇺🇿 Zamonaviy maktab liderlar nigohida

Joriy yilning 7-10 fevral kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta’lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

Mazkur treninglar maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan.

Bugun Boysun tumanidagi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Ushbu treninglar doirasida:

-ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi ustuvor maqsadi va yangicha yondashuvi bilan tanishtirish;

-maktabni rivojlantirish strategiyasini (istiqbol reja) shakllantirishda ta’lim tizimining maqsad va qadriyatlarini asos qilib olishni tushunib yetish;

-maktab strategiyasini ishlab chiqishda maktab jamoasini jalb etish zaruriyatini anglash ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu loyiha doirasida joriy yilning 28 yanvaridan boshlab “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berilgan edi.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta’lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta’lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlab ochiq dars va tadbirlar tashkil etilmoqda.
________
✔️Fotolavhalarda Halima Xudoyberdiyeva va Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari hamda Samarqand shahridagi Prezident maktabi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1
#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening
#Denov_tumani

"LIDERLAR HAFTALIGI"DA DENOV TUMANINING 103 NAFAR MAKTAB DIREKTORLARI ISHTIROK ETISHMOQDALAR

🔰 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida Denov tumanida seminar-treninglari bo'lib o'tmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta'lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

📌Treninglar butun viloyat bo‘ylab bo'lib o'tmoqda va viloyatimizning barcha hududlaridan 934 nafar maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram
👍2