Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
629 subscribers
36.5K photos
1.41K videos
2 files
6.27K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#IMA
#BOYSUN_IM

ODOBLI QIZ-OILA KO‘RKI

🏢Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktab 8-9-10-11-sinf qizlari bilan tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari S.Jo‘raqulova, tuman tibbiyot birlashmasi Sog‘lom turmush tarzi bo‘limi ginekolog vrachi T.Davlatovalar "Odobli qiz-oila ko‘rki" mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.

📌Davra suhbatida erta tug‘ruq  va uning salbiy oqibatlari, qizlarning gigena qoidalariga amal qilishi, oiladagi va jamiyatdagi zo‘ravonliklardan saqlanish haqida tushunchalar berildi.

🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

👉Telegram | 👉Facebook
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

“SINF SOATI”
“MENING KONSTITUTSIYAM 31 YOSHDA”

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2023 yilning 1-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi  190-sonli buyrug'i ijrosini taminlash maqsadida barcha sinflarda "Sinf soati" tashkil etildi.

🇺🇿 Sinf soatlari: O’zbekiston Resbublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan barcha sinflarda “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya-kelajagim mash’ali” mavzularida olib borildi.

 Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

"1-DEKABR BUTUN JAHON OITS GA QARSHI KURASHISH KUNI"

⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "1-dekabr-Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan IIB bilan hamkorlikda davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvda o'quvchilarga:
-Huquq buzarlik va jinoyatchilikning oldini olish
-Pirotexnika vositalaridan foydalanishni taqiqlash
-OITS va uning salbiy oqibatlari
haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
#Uzun_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

“MENING KONSTITUTSIYAM VA DAVLAT TILIM"

⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekiston Resbublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan o’quvchilar o’rtasida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etildi.

📖 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.


Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook|
#Biz_OITSga_qarshimiz

𝙎𝙖𝙧𝙞𝙤𝙨𝙞𝙮𝙤 𝙩𝙪𝙢𝙖𝙣 𝙞𝙭𝙩𝙞𝙨𝙤𝙨𝙡𝙖𝙨𝙝𝙩𝙞𝙧𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗-𝙞𝙣𝙩𝙚𝙧𝙣𝙖𝙩𝙞

Sariosiyo tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning 1-dekabr kuni "Biz OITSga qarshimiz"mavzusida bayram tadbiri bòlib o'tdi

Har yili 1 dekabr sanasi an'anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi.

🌐🌐𝗕𝗶𝘇𝗻𝗶 𝗸𝘂𝘇𝗮𝘁𝗶𝘀𝗵𝗱𝗮 𝗱𝗮𝘃𝗼𝗺 𝗲𝘁𝗶𝗻𝗴.

Facebook|Telegram|Instagram