QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI
1.05K subscribers
4.96K photos
467 videos
27 files
1.5K links
Rasmiy web sayt: kschool.uz Elektron pochta: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from KHamza Elliyev
19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 21 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Qirg'iziston, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya, Qozog'iston, Germaniya, Peru, Misr, Ukraina) 1238 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 515 nafar, fizika fanidan - 341 nafar, informatika fanidan - 382 nafar) ishtirok etdi. Mazkur xalqaro olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchi yoshlar 🥈 5 ta kumush, 🥉 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:

🧲 FIZIKA FANI BO‘YICHA:

Sultonov Javohir Xurshidovich
— Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

🖥 INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA:

Valijonov Dilyorbek Dilshodbek o‘g‘li
— Andijon viloyati, Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Xo‘jayev Dilshodbek Zafarovich
— Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li
— Namangan viloyati, Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Sunnatov Asilbek G‘ofurjon o‘g‘li
— Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Jurabekov Otabek Jurabek o‘g‘li —
Toshkent shahar, Profi School NTM ning 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

📐MATEMATIKA FANI BO‘YICHA:

Raxmatov Anvar Zufarjonovich
— Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich
— Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li
— Buxoro viloyati, Peshku tumani 18-maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li
— Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Ortiqov Yusufjon Shamshodovich
— Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi🥉bronza medali;

Erkinboyev Kamronbek Temurmalik o‘g‘li
— Namangan viloyati Namangan Davlat Universiteti akademik litseyining II bosqich o‘quvchisi, 🥉bronza medali;

Suyunova Madina Muhiddin qizi
— Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 🥉bronza medali;

📌Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son Qaroriga muvofiq mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadalari uchun o'tkaziladigan saralash bosqichlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi hamda o'rnatilgan tartibda g'olib o'quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan. Yuqoridagi xalqaro Jautikov olimpiadasi ham mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Xushxabar
❇️ QORAKO'L IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI O‘QUVCHILARI XALQARO JAUTIKOV OLIMPIDASIDA 1 TA KUMUSH VA 1 TA BRONZA MEDALINI QO‘LGA KIRITISHDI

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 10 nafar o‘quvchilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoa safida munosib ishtirok etishdi.
🔹Eng quvonarlisi, ularning 2 nafari matematika fanidan 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
🔹Qorako‘l tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Anvarjon Raxmatov 🥈kumush medal
Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Yusufjon Ortiqov 🥉 esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu o'quvchilarimizga keyingi olimpiadalarda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz hamda ustozlari Ro'zimurodov Ro'zimurod va Usmonoz Qudratillo ustozlarga minnatdorchilik bildirib qolamiz

Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy sahifasi 👇
https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from School Counselor
Bugun, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi tizimidagi Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida " Liderlar haftaligi" doirasida o`quv seminari bo'lib o`tdi. Seminarda Qorako'l va Olot tumanidagi barcha umumiy o`rta ta'lim maktablari direktorlari ishtirok etishdi. Ushbu seminarda Buxoro shahridagi Prezident maktabining trener o`qituvchilari tomonidan ishtirochilarga ta'lim muassasalarini zamonaviy boshqaruvda liderlik ko`nikmalari, akademik salohiyat va tizimni faravonlikka yetaklovchi samarali ta'lim bilan bog'liq master klasslar o`tkazishdi.
Shuningdek, o`quv-seminar ishtirokchilariga vatanparvarlik va fidoiylik, mehnatsevarlik va mas'uliyatlilik, rostgo`ylik va adolatlilik, o`zaro hurmat va hamkorlik, g'amxo`rlik va samimiylik kabi qadriyatlarning ahamiyati to`g'risida tushunchalar berildi.
Tadbir, ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.
“Илгари имтиҳонларни топшириш учун фақат битта имконият бериларди” — мактаб таълимида енгиллашган малака ошириш

2021 йилдан қатъий режим ва қоғозбозликка асосланган малака ошириш курслари даврийликдан узлуксизга ўтказилди. Ўқитувчилар истаган вақтида касбий ривожланишига шароит яратилди, кириш-чиқиш тестлари ҳамда малака ишлари бекор қилинди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
Forwarded from Erkin Raxmatov
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Tanlov

🔰Bugun 13-fevral kuni Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi tomonidan buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobur asarlari bilimdoni" respublika tanlovining viloyat bosqichi o`tkazildi

📚Tanlovda tuman(shahar)lardan 3 kishidan iborat 13 ta jamoa ishtirok etdi va jamoalar Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosi bilan tanishtirish va adib asarlari mutolaasiga o‘quvchilarni qiziqtirishga bag‘ishlangan taqdimot(slayd) va Bobur asarlari asosida savol-javob shartlari bo`yicha bellashdi

📌Tanlov natijalariga ko`ra Qorako`l tumani 34-maktab "Turon" jamoasi faxrli I-o`rinni egalladi va respublika bosqichida qatnashish uchun yo`llanma berildi

🎁Ko‘rik-tanlov g'oliblari viloyat Bolalar kutubxonasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!

🔗
Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

|Telegram|Facebook|You Tube|Web site|Instagram
Ҳар кимки, вафо қилса, вафо топқусидир,
Ҳар кимки, жафо қилса, жафо топқусидир,
Яхши киши кўрмагай ёмонлиқ ҳаргиз,
Ҳар кимки, ёмон бўлса, жазо топқусидир.

Заҳириддин Муҳаммад Бобур

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Бугун, 14 февраль шоҳ ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун.
14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bobur hayotida farzand tarbiyasi

Zahiriddin Muhammad Bobur yurtimiz va dunyo madaniyati tarixida ulkan iz qoldirgan yirik mutafakkirlardan biridir.

Buyuk Amir Temur sulolasining davomchilaridan biri bo‘lgan Bobur oilaviy an’analardan kelib chiqib farzand tarbiyasi va ularning yuksak bilimli insonlar bo‘lib kamol topishiga katta e’tibor bergan.

Uning shoh asari “Boburnoma”da Bobur o‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga doimo katta e’tibor bergan, saltanat ishlari va ijoddan bo‘sh vaqtlarida ularning ta’lim olishi, xulqi va tarbiyasini munatazam nazorat qilgan.

Bobur farzandlariga muhabbati kuchliligidan ular uchun alohida asarlar yaratgan, dunyoviy va diniy ilm, davlat ishlari va ijod haqida bolalari bilan maktublar yozishishgan. Xususan, farzandlari uchun kitob yozishni otalik va podshohlik burchi deb hisoblagan Bobur 1522-yilda o‘g‘li Humoyunga atab “Mubayyin” asarini yozadi.

O‘g‘li Komronga yozgan maktubida farzandining iqboli yo‘lida muhim fikrlarni bildira turib, “...umidim borkim, jami’i qobiliyat va salohiyat bobida komil va mukammal bo‘lub kamolg‘a yetgaysen”, deya uning kelajagiga katta ishonch bildiradi.

Bobur o‘g‘li Humoyunga yozgan maktubida farzandiga shunday tanbeh beradi: “Yana men degandek bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiy olmas eding. O‘qiy olmagandin so‘ng albatta tag‘ir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur…”

Anglanadiki, Bobur farzandlarining nafaqat ilmli va komil shaxs bo‘lishini, balki xatlarini imlo xatolarisiz, sodda va ravon tilda yozishga undagan.

Katta iste’dod va mukammal shaxs, mehribon ota va murabbiy qo‘l ostida kamolga yetgan farzandlar vaqt o‘tib yirik olim va ijodkorlar bo‘lib yetishishdi. Xususan, Boburning to‘rt o‘g‘li — Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va qizi — Gulbadanbegim atoqli shoir, adib va olimlar sifatida ilmu san’at rivojiga katta hissa qo‘shib keldilar.
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Bugun shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida shoh va shoir, zukko olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan  buyuk allomamiz yod olinib, ijodiy namunalar ijro etildi.

Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇

https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ