QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI
1.06K subscribers
4.85K photos
463 videos
27 files
1.48K links
Rasmiy web sayt: kschool.uz Elektron pochta: [email protected]
Download Telegram
🧑‍✈️👮‍♂🏛#Profilaktik_tadbir
Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda  tuman IIB hamkorligida profilaktika tadbirlari tashkil qilindi. Tadbir davomida har bir sinf o'quvchilari bilan muloqotlar o'tkazilib, ularga ko'cha-kuyda inson hayoti va sog'lig'iga ta'sir etuvchi, ma'naviyati va hulqiga xavf solishi mumkin bo'lgan turli buyumlar vositalarni olib yurish mumkin emasligi, yo'l xarakati qoidalariga amal qilishlari, ogoh bo'lishlari zarurligi xususida tushuntirish ishlari olib borildi. https://t.iss.one/QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from PSIXOLOG Shahlo
Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-A sinf o'quvchilari bilan ularni yangi o'quv yiliga va yangi muhitga moslashuvini o'rganish maqsadida " Rangli xatlar" testi olindi.

💡 O'quvchilar dars mashg'ulotida o'zlarini qanday his qilishlarini ranglar yordamida ifodalab berishdi.

Natijalar tahlil qilindi
🏢Қоракўл туман Ихтисослашган мактаб- интернатида ўқувчиларни вақтини мазмунли ташкил қилиш мақсадида 5-6-7 синф ўқувчилари билан,,Бир бўлсак ягона халқмиз,бирлашсак "Ватанмиз" шиори остида. ,,Янги Ўзбекистонга лойиқ фарзанд бўламиз" мавзусида" маъруза ташкиллаштирилди. Маърузада ёш авлодни ватанпарварлик рухида тарбиялаш,Янги Ўзбекистонда яратилаётган Имкониятлар ва улардан унумли фойдаланиш тўғрисида маълумотлар берилиб,ўқувчиларни қизиқтирган саволларга жавоб берилди.Маъруза қизғин баҳс- мунозараларга бой тарзда ўтди. https://t.iss.one/QORAKUL_IMI_UZ
#yangi_baholash_tizimi
#Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda o‘quv_seminar

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 248-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Qorakoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatning tarix va informatika fani o‘qituvchilari Qorakoʻl tumanidagi 19-24-34-38 39 sonli umumiy o'rta ta'lim  maktab pedagok xodimlarga ,Bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish, BSB larning olinishi, hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi,amaliy mashgʻulot va loyiha ishlari.labaratoriya mashgʻilotlari, elektron jurnalda qayd etilishi va bu borada bajarilayotgan  ishlar bilan yaqindan tanishtirib chiqishdi. 

🔰"Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish" bòyicha maktab pedagogik xodimlariga kerakli tavsiyalar berildi. https://t.iss.one/QORAKUL_IMI_UZ