QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI
1.05K subscribers
4.96K photos
467 videos
27 files
1.5K links
Rasmiy web sayt: kschool.uz Elektron pochta: [email protected]
Download Telegram
14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bobur hayotida farzand tarbiyasi

Zahiriddin Muhammad Bobur yurtimiz va dunyo madaniyati tarixida ulkan iz qoldirgan yirik mutafakkirlardan biridir.

Buyuk Amir Temur sulolasining davomchilaridan biri bo‘lgan Bobur oilaviy an’analardan kelib chiqib farzand tarbiyasi va ularning yuksak bilimli insonlar bo‘lib kamol topishiga katta e’tibor bergan.

Uning shoh asari “Boburnoma”da Bobur o‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga doimo katta e’tibor bergan, saltanat ishlari va ijoddan bo‘sh vaqtlarida ularning ta’lim olishi, xulqi va tarbiyasini munatazam nazorat qilgan.

Bobur farzandlariga muhabbati kuchliligidan ular uchun alohida asarlar yaratgan, dunyoviy va diniy ilm, davlat ishlari va ijod haqida bolalari bilan maktublar yozishishgan. Xususan, farzandlari uchun kitob yozishni otalik va podshohlik burchi deb hisoblagan Bobur 1522-yilda o‘g‘li Humoyunga atab “Mubayyin” asarini yozadi.

O‘g‘li Komronga yozgan maktubida farzandining iqboli yo‘lida muhim fikrlarni bildira turib, “...umidim borkim, jami’i qobiliyat va salohiyat bobida komil va mukammal bo‘lub kamolg‘a yetgaysen”, deya uning kelajagiga katta ishonch bildiradi.

Bobur o‘g‘li Humoyunga yozgan maktubida farzandiga shunday tanbeh beradi: “Yana men degandek bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiy olmas eding. O‘qiy olmagandin so‘ng albatta tag‘ir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur…”

Anglanadiki, Bobur farzandlarining nafaqat ilmli va komil shaxs bo‘lishini, balki xatlarini imlo xatolarisiz, sodda va ravon tilda yozishga undagan.

Katta iste’dod va mukammal shaxs, mehribon ota va murabbiy qo‘l ostida kamolga yetgan farzandlar vaqt o‘tib yirik olim va ijodkorlar bo‘lib yetishishdi. Xususan, Boburning to‘rt o‘g‘li — Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va qizi — Gulbadanbegim atoqli shoir, adib va olimlar sifatida ilmu san’at rivojiga katta hissa qo‘shib keldilar.
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Bugun shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida shoh va shoir, zukko olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan  buyuk allomamiz yod olinib, ijodiy namunalar ijro etildi.

Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇

https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятида бўлади.

Сафар давомида маҳаллалар ҳаёти ва саноат корхоналари фаолияти билан танишиш, янги лойиҳаларни ишга тушириш ҳамда вилоятни ривожлантиришнинг муҳим масалаларини муҳокама қилиш режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бухарскую область.

В ходе рабочей поездки предусматривается ознакомление с жизнью махаллей и деятельностью промышленных предприятий, запуск новых проектов, а также обсуждение важных вопросов развития области.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятига ташрифини Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошлади.

Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Бухарскую область с посещения мавзолея Бахоуддина Накшбанда.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash boshlandi. Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
https://youtube.com/video/DNK32tgoBrs/livestreaming


Informatika va axborot texnologiyalari fanidan jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.
https://amityuni.live/85160272248

Topshiriqlar shu kunning o’zida tayorlanayotganligi saralashning yanada adolatli va shaffof o’tishiga xizmat qiladi.
Hakamlar hay’ati a’zolarining barchasi tomonidan shakllantirilgan materiallar tanlab olinadi va bugungi bosqichda foydalaniladi.
Barcha topshiriqlar bitta muallifga taalluqli bo’lmasligi ham inobatga olingan.
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ўзбекистон 24” телерадиоканали | “Ахборот 24“ информацион дастури: Ўзбекистон Республикаси Президентининг Бухоро вилоятига ташрифи тафсилотлари

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichiga start berildi

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning I bosqichi
natijalariga ko‘ra matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan jami 130 nafar eng iqtidorli o‘quvchi saralab olindi va saralash olimpiadasining II bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo’ldi.

Joriy yilning 1-10-fevral kunlari tashkil qilingan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida g’olib bo’lgan yoshlar orasidan 2 nafariga II saralash bosqichida ishtirok etish huquqi berildi, qolgan g‘oliblar I bosqich natijasiga ko‘ra II bosqichga tavsiya etilgan.

Saralash bosqichi xalqaro olimpiadalar(IMO, IPHO, ICHO, IBO, IOI) metodologiyasi asosida tashkil qilinmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram