Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | Rasmiy 🇺🇿
613 subscribers
6K photos
347 videos
5 files
1.57K links
Download Telegram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#fuqaro_muhofazasi

2023-yil 27-yanvar kuni Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik rahbari Z.Nazarov tomonidan "Fuqaro muhofazasi" bo'yicha mashg'ulot o'tildi.

🔔Unda maktab rahbariyati, o'qituvchilar hamda texnik xodimlarga favqulodda vaziyatlar va ularning turlari, favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda xodimlarning harakatlari, vazifalari hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilish yuzasidan ma'lumot berilib, vazifalar taqsimoti tushuntirildi.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
👍3
#Kun_hikmati

📚 Аgar oʼqisang-u oʼylamasang - chalkashib qolasan. Аgar oʼylasang-u oʼqimasang -shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

Konfutsiy

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
👍2
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#xotira_abadiy

Islom Karimov 85 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi...

🇺🇿Bugun, 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning tavallud kuni.

Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan. 2016-yilning 2-sentyabr kuni Toshkentda vafot etgan.

Marhumlarning oxirati obod bo‘lsin!

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
👍2
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#xotira_abadiy

INSON - AZIZ, XOTIRA - MUQADDAS!

🇺🇿Bugun, 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning tavallud kuni munosabati bilan Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Inson-aziz, xotira-muqaddas" shiori ostida xotira darsi o'tkazildi.


Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan. 2016-yilning 2-sentyabr kuni Toshkentda vafot etgan.

📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook