Jarqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
365 subscribers
2.82K photos
221 videos
2 files
524 links
Maktabimizning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100089953569593&mibextid=ZbWKwL

Murojat uchun : @Jarqurgan_IMA_murojaatlarBot

(+998) 97 554 54 19
Download Telegram
Forwarded from Madina Ravshanova
#JARQO'RG'ON_IM
#JARAYON


🏢 Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Jarqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sinflar kesimida otalar yig'ilishi tashkil etilmoqda.

Otalar yig'ilishi 5 -7-sinf o’quvchilarining otalari o'rtasida bo'lib o‘tdi.

Yig'ilish davomida o'quvchilarni
-5 sinf o'quvchilarining maktabga moslashishi,
-fanlardan o'zlashtirishi,
-xulqidagi o'zgarishlar,
-maktab ichki tartib-intizom qoidalari
-forma taqdimoti
-Chsbga o'quvchilarning tayyorgarligi
haqida suhbatlar tashkil qilindi.

Otalar farzandining qanday sharoitda va qay tarzda bilim olayotganliklarini guvohi bo'lishdi hamda o'zini qiziqtirgan savollarga maktab rahbarlari va sinf rahbari tomonidan qoniqarli javob olishdi.

🪩 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting! 👇

Telegramm I Facebook.
Forwarded from Madina Ravshanova
#JARQO'RG'ON IM
# JARAYON

  Jarqo'rg'on ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish Davlat madhiyasi ijro etilishi bilan boshlandi.
O’quvchilarga birinchi chorak yakuni bo’yicha CHSBga tayyorgarlik ko’rish haqida aytib o’tildi.
"Maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalari”, kiyinish madaniyati, yo'l harakat qoidalariga so'zsiz amal qilish inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
O’quvchilar tomonidan hafta yangiliklari o’qib eshittirildi ,hamda hafta davomida yutuqqa erishgan o'quvchilar faxriy yorlik ,qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegramm I Facebook.
Forwarded from Madina Ravshanova
#JARQO'RG'ON _TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI
#IMA
#ChSB_imtihonlari



Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jarqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 31-oktyabr  soat 10:00dan 12:30 gacha mutaxassislik fanlaridan(matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya) ChSB (chorak bo‘yicha Summativ baholash) 𝙗𝙤'𝙮𝙞𝙘𝙝𝙖 𝙩𝙚𝙨𝙩 𝙨𝙞𝙣𝙤𝙫𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙤'𝙩𝙠𝙖𝙯𝙞𝙡𝙢𝙤𝙦𝙙𝙖.


🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram I Facebook.
Forwarded from Madina Ravshanova
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida manzilli chora-tadbir dasturiga asosan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Jarqo'rg'on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, kitobning inson maʼnaviyatida tutgan beqiyos oʻrni xususida soʻz yuritildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegramm I Facebook.