IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
483 subscribers
4.56K photos
384 videos
17 files
1.07K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#o‘quvchilarimiz_ijodi
9-ᴍᴀy ʙᴜ ᴋᴜɴ
ʙᴏʙᴏʟᴀʀɴɪ yᴏᴅ ᴇᴛɪɴɢ
ᴢɪyᴏʀᴀᴛ qɪʟɪʙ qᴀʙʀɪɴ
ᴀᴊᴅᴏᴅʟᴀʀɴɪ xᴏᴛɪʀʟᴀɴɢ

ᴠᴀᴛᴀɴ ᴜᴄʜᴜɴ ᴊᴏɴ ʙᴇʀɢᴀɴ
ᴛᴇᴍᴜʀʟᴀʀɴɪ yᴏᴅ ᴇᴛɪɴɢ
ᴜʀᴜꜱʜᴅᴀ ʙõʟɢᴀɴ ʜᴀʟᴏᴋ
ꜱʜᴀʜɪᴅʟᴀʀɴɪ xᴏᴛɪʀʟᴀɴɢ

ꜰᴀꜱʜɪꜱᴛʟᴀʀɢᴀ qᴀʀꜱʜɪ ᴄʜɪqqᴀɴ
Õᴢʙᴇᴋʟᴀʀɴɪ yᴏᴅ ᴇᴛɪɴɢ
yᴏᴠʟᴀʀɢᴀ ʙᴇʀᴍᴀɢᴀɴ
ᴍᴀɴɢᴜʙᴇʀᴅɪʟᴀʀɴɪ xᴏᴛɪʀʟᴀɴɢ

ᴛɪɴᴄʜʟɪᴋ ᴜᴄʜᴜɴ ᴋᴜyɪɴɢᴀɴ
ꜰɪᴅᴏʟᴀʀɴɪ yᴏᴅ ᴇᴛɪɴɢ
ʙɪᴢʟᴀʀɴɪ ᴅᴇʙ ᴏʀᴏᴍᴅᴀɴ
ᴋᴇᴄʜɢᴀɴʟᴀʀɴɪ xᴏᴛɪʀʟᴀɴɢ

Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7 F sinf o‘quvchisi Otamurodov Azizbek

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇

Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Jondor_tuman_IM
#Jarayon
#CHSB_sinoviga_tayyorgarlik


🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 14,15,16-may kunlari onlayn tarzda o‘tkazilishi belgilangan CHSB sinovlariga tayyorgarlik jarayonidan fotolavhalar.
Sinf: 7-B

Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
📢10-may, juma kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

Brifing

⚫️Mavzu: Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli
⚫️Vaqti: 16:00
⚫️Ishtirok etadi: Jo‘rabek Jangirov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_olimpiadasi
#Buxoro

STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI

Ayni damda Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida STEM (matematika, fizika, kimуо, biologiya, science hamda informatika vа axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning agentlik bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube