IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
475 subscribers
4.48K photos
384 videos
14 files
1.06K links
Download Telegram
#Jondor_tuman_IM
#tongi_saflanish
#sarhisob

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 8-aprel kuni o‘quvchilarda milliy g‘urur, fidoyilik va vatanparvarlik ruhini shakllantirish hamda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash maqsadida "Ertalabki saflanish" tashkil etildi. 

🍀 Saflanishda o'quvchilarga odob - axloq qoidalari, kiyinish madaniyati haqida gapirib o'tildi.

🍀Joriy yilning  mart oyida bo'lib o'tgan "Quvnoq matematika" olimpiadasida qatnashib, faxrli o'rinlarni egallagan o‘quvchilar taqdirlandi.

🍀Saflanish yakunida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi kuylandi, Davlat bayrog‘ini o‘rnak ko‘rsatgan o‘quvchilar tomonidan ko‘tarildi.



🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Jondor_tuman_IM
#5_tashabbus
#sport

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 8-aprel kuni
14-15 yoshlilar o'rtasida futbol sport turi bo'yicha maktab chempionati tashkil qilindi.

📊Yakuniya natijalarga ko'ra sovrinli o'rinlarni quyidagi jamoalar qo'lga kiritdi:
🥇-o'rin 7-"D"sinf jamoasi
🥈-o'rin 7 - "E" sinf jamoasi
🥉-o'rin 7- "F" sinf jamoasi


⚡️G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarni keyingi o‘yinlarida omad tilaymiz. 


Jarayondan fotolavhalar...

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇

Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#iqtibos

Turma – yugur, Tinma – tirish,
Bukilma – yuksal, Hurkma – kurash,
Qo‘rqma – yopish, Yorilma – qo‘zg‘al.


✍️Abdurauf Fitrat


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_688

Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etilgan.

Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi.

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, Amir Temur va Temuriylar davrida oʻgʻil bola 4 yil, 4 oy va 4 kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi.

O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xon_atlas_festivali
#Chellendj

🌈"Xon atlas"
festivalida Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  "Xon atlas" festivali davom etmoqda.
Barcha o‘quvchilar va ustozlar bu ommaviy tadbirda faol ishtirok etishmoqda.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube