IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
478 subscribers
4.57K photos
384 videos
17 files
1.07K links
Download Telegram
#Vatan_tayanchi_darslari
🏢JONDOR TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
  Jarayondan fotolavhalar
👨‍🏫 Fan o‘qituvchi: Jumayev Bobojon Bo'ronovich
👨‍💼👨‍💼👨‍💼  Sinf: 11-"A" sinf
Oliy harbiy ta'lim muassasalari. Mamlakatimizdagi Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi va qoidalari mavzusidagi dars jarayonidan lavhalar

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Jondor_tuman_IM
#Vatan_tayanchi

🇺🇿 "Vatan tayanchi" otryadi.
Joriy yilning 7-fevral sanasida Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 2-martdagi "Vatan tayanchi" bolalar va o'smirlar harbiy-vatanparvarlik harati faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi PQ-150 sonli qaror ijrosini ta'minlash maqsadida o'quvchilarni "Vatan tayanchi" otryadiga a'zo qilish tantanali marosimi bo'lib o'tdi.

❇️Tadbirda "Nuroniylar" kengashi a‘zosi, Tinchlik MFY faoli R.Safarov ishtirok etdilar.

👮‍♂"Vatan tayanchi" harakatining maqsadi o'quvchi yoshlarni birlashtirish, ular orasida harbiy vatanparvarlik, vatanga sadoqat va o'ziga qat'iy ishonch ruhida tarbiyalash, erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli vatanparvar yoshlarni tarbiyalash.


🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Tarix_qa‘ridagi_ikki_yulduz
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Jondor  ixtisoslashtirilgan maktabida

❇️Atoqli davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Tarix qa'ridagi ikki yulduz" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

❇️Mazkur jarayon bir asrning ikki dahosi: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra ijodiy meroslarini har tomonlama chuqur o'rganish, ularning o'lmas asarlarini keng targ'ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish, shuningdek, ijodkor va iste'dodli o'quvchilarni aniqlash, ularni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ma'naviy dunyosini milliy va umuminsoniy g'oyalar bilan boyitish, o'zbek adabiyoti hamda milliy ma'naviyatimizni rivojlantirishdan iboratdir.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
❇️NAVOIYDAN TOPDIM

Neki bir so‘z izladim – Navoiydan topdim
Azim Suyun


Qushdirman, musaffo osmonda ko‘nglim,
Yurakka rang bergan bo‘stonda ko‘nglim,
Har kuni besh go‘zal dostonda ko‘nglim,
Izladim, Navoiy hazratdan topdim.

Muhabbat nasimi esgaydir hur-hur,
Ey dil, bu “Arba’in”, “Nazm ul-javohir”,
Ne qilsam ko‘ngilga taqdir bo‘lgay nur,
Izladim, Navoiy hazratdan topdim.

Qalbga Undan o‘zga ne hojot kerak,
Bul dengiz sohili zo‘r najot kerak,
Yig‘lasam, kulsam ham munojot kerak,
Izladim, Navoiy hazratdan topdim.

Dil uchun bekamu ko‘stlik ehtiyoj,
Poklar tutgan yo‘li – rostlik ehtiyoj,
Angladim, do‘st birla do‘stlik ehtiyoj,
Izladim, Navoiy hazratdan topdim.

Bir gulga oshiqlik qismat istaram,
Men faqat kamolot, ismat istaram,
Elga Haq yo‘linda xizmat istaram,
Izladim, Navoiy hazratdan topdim.

Bemor yuraklarga davo so‘zdurur,
Begumon xushnafas, havo so‘zdurur,
Navo istaganga navo so‘zdurur,
Izladim, Navoiy hazratdan topdim.

Gʻayrat MAJID
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muallim_munosabati
⚡️Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dilnavoz Nazarova:

Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – mamlakatimizda pedagoglarga berilayotgan yuksak e’tiborning ifodasi bo‘ldi!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
 #BIR_ASRNING_IKKI_DAHOSI
🔰Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yilning 9-fevral kuni “Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan Hazrat Mir Nizomiddin Alisher Navoiy va adabiyot olamining ijodkorlari ijodiga bag‘ishlangan ochiq darslar tashkil etildi.
Sinf: 5 -D
Fan o‘qituvchisi: D. Fuzaylova.
Fan: Adabiyot
Mavzu: "Hayrat ul-abror" da to‘g‘rilik ta‘rifi.
  Jarayondan fotolavhalar
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube