IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
488 subscribers
4.92K photos
396 videos
17 files
1.12K links
Download Telegram
#xushxabar
🏢JONDOR TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
10-D sinf o‘quvchisi Olimova Shahruza Obidjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31yilligi munosabati bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablari 9-11-sinflari o‘rtasida "Huquqiy-ma‘rifiy bilimdon" mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bu muvaffaqiyat bilan o‘quvchimizni tabriklaymiz va unga ta‘lim bergan ustozlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
  Jarayondan fotolavhalar

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Rasmlar_tanlovi🎨🎨🎨🎨🎨
🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” F-72-son Farmoyishi asosidagi chora-tadbirlari yuzasidan
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan rasmlar tanlovi o'tkazildi.

📖Konstitutsiya - har bir davlatning bosh qonuni, mamlakat taraqqiyoti va jamiyat rivojining muhim omilidir.
  Jarayondan fotolavhalar

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Kasaba_uyushmasi_turniri⚽️⚽️⚽️⚽️
🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” F-72-son Farmoyishi asosidagi chora-tadbirlari yuzasidan
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan maktab o‘qituvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Jondor tuman bo‘limi bilan hamkorlikda futbol ligasi o‘yini o'tkazildi. O‘yin so‘nggida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa o‘yinchilari uyushma qo‘mitasining maktabdagi vakili Davronov Suxrob Rashidovich tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
📖Konstitutsiya - har bir davlatning bosh qonuni, mamlakat taraqqiyoti va jamiyat rivojining muhim omilidir.
  Jarayondan fotolavhalar

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri