IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
482 subscribers
4.82K photos
394 videos
17 files
1.11K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_olimpiadasi
#Buxoro
#1_kun

STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI

Ayni damda Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida STEM (matematika, fizika, kimуо, biologiya, science hamda informatika vа axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning agentlik bosqichi bo'lib o'tdi.

📌Ushbu olimpiadadan videolavha.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from FARID RAXMONOV
#Buxoro_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Qabul_2024

O'quvchilar va ota-onalar uchun yanada qulaylik!

🗣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali hamda Buxoro viloyatidagi barcha agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab—internatlari binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi.

❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.
Pastda viloyatimizda faoliyat yurituvchi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning lokatsiyalari:
📍Buxoro shahridagi Prezident maktabi
📍
Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍
Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
G'ijduvon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍
Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: 📱
Telegram
#seminar_trening
#Buxoro_Prezident_maktabi


🎞 BUXORO SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING BO’lIB O’TDI.

📌Ushbu treningdan fotolavhalar

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi

❇️ "MEN JADIDLAR AVLODI" ko'rik- tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔹2024 yil  3-oktabr kuni Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasida "Men g'olibman" loyihasi doirasida “Men - jadidlar avlodi” mavzusida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o'tkazildi.

📖Ko‘rik-tanlov  2 ta shart "Men jadidlar avlodi" va "Jadidchilar adabiyoti bilimdoni" kabi savol- javob, test topshiriqlari bo'yicha
qatnashuvchilarning bilimlari aniqladi. Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Olimova Shaxriza bu tanlovda faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#eco_school_Uzbekistan
#eco_fest_

🌿Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco schools Uzbekistan” , “Young climate Champions”, “ Yosh fermer” loyihalari bo’yicha ECO-FEST bo’lib o’tdi.

Bunda Buxoro hududidan “Eco schools Uzbekistan” loyihasiga yangi qo’shilgan Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Buxoro shahridagi Prezident maktabiga Turkiya davlatining nufuzli "Turkiya Burslari" grandi vakillari tashrif buyurishib, ushbu davlatda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ma'lumot berishdi.

Shuni ta'kidlash joizki, bu uchrashuvda Prezident maktabi va viloyatdagi ixtisoslashgan maktab bitiruvchi-o'quvchilari o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram
#Turon_yoʻlbarslari
#Buxoro_viloyati

🤩 Agentlikning Buxoro viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra:

🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi 1-oʻrin;

🥈Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabning “Qalqon” jamoasi 2-oʻrin;

🥉Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Jaloliddin izdoshlari” jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Buxoro_viloyati

BUXORO VILOYATIDA AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘rganish va aholining fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida Buxoro shahridagi Prezident maktabida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda 30 dan ortiq fuqaro ixtisoslashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga oid murojaatlarini Agentlik direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniyatiga ega boʻldi.

Aksariyat murojaatlar mazmuni o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, bo‘sh ish o‘rinlari yaratish va bandlikni taʼminlash, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish imkoniyatlarini ko‘paytirish, xalqaro ta’lim grantlari bo‘yicha xabardorlikni oshirish masalalaridan iborat boʻldi.

Sayyor qabul davomida bildirilgan muammolarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube