IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
496 subscribers
5K photos
405 videos
17 files
1.14K links
Download Telegram
#bizning_faxrimiz
#Lider_ustozimiz
Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, o'z ustida muntazam ishlab, natijalarini yangilab turadigan, tirishqoq ustoz, tadqiqotchi o'qituvchi Qo‘chqorova Sadoqat To'lisovna kechagina
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida tashkil qilingan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining respublika bosqichida faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bu muvaffaqiyat bilan ustozimizni chin qalbdan tabriklaymiz.
Ertaga, 20-aprel kuni soat 12:00da Agentlik tizimidagi Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mazkur olimpiadaning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ustoz, biz siz bilan faxrlanamiz! Ilmingiz ziyoda va martabangiz ulug‘ bo‘lsin.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Lider_oʻqituvchilar
#Tabriklaymiz

⚡️“LIDER O‘QITUVCHILAR” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI TAQDIRLASH MAROSIMI

Bugun, 20-aprel kuni soat 12:00da Agentlik tizimida tizimidagi ishtirokchilar Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mazkur olimpiadaning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.
Ustozimizni yana bir bor chin dildan tabriklaymiz.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreya davlatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.

❗️Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o'tkazildi.


🧲 Fizika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shirin Baratov - Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Saidjon Xamroqulov - Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Orifxon Vaqqosov - Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi.

🔬Biologiya fanidan olimpiada natijalari:

🥇Abdimannon Rashidov - Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Sadoqat Qo‘chqorova - Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Albina Aliyeva - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⌨️ Informatika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shoxrux Sadullayev - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Davron Avlakulov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Askar Aldebayev - Ellikqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Qolaversa, "Lider o‘qituvchilar" olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jondor_tuman_IM

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligini mamlakatimiz bo‘ylab yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha 2024-yil 2-apreldagi 24/1-1063-son topshirig‘i ijrosini ta'minlash , o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda
ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8-"D" va 8-"E" sinf o‘quvchilari o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy  tadbir tashkil etildi.

O'quvchilar quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
🔹Tanishtiruv;
🔹"Temur tuzuklari" asosida test topshiriqlarini ishlash;
🔹Sahna ko'rinishi;
🔹Sohibqiron Amir Temur portretini chizish.

Qiziqarli va ko'tarinki ruhda o'tgan tadbirda 8-"E"sinf o'quvchilar jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Jarayondan lavhalar

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube