IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
483 subscribers
4.56K photos
384 videos
17 files
1.07K links
Download Telegram
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
⚡️Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони қабул қилинди

Улар орасида бухороликлар ҳам бор.

🏅«Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган халқ таълими ходими» фахрий унвони билан:

Раупов Илёс Ахадович
- Ғиждувон туманидаги 27-умумий ўрта таълим мактабининг физика фани ўқитувчиси;

🏅«Дўстлик» ордени билан:

Болтаева Қамбар Абдуллаевна - Бухоро шаҳридаги Президент мактабининг биология фани ўқитувчиси;

🏅II даражали «Соғлом авлод учун» ордени билан:

Астанов Салих Хусенович - Бухоро муҳандислик-технология институтининг аниқ фанлар кафедраси профессори;

🏅«Шуҳрат» медали билан:

Исмаилова Эрешгул Жораевна - Қоровулбозор туманидаги 3-умумий ўрта таълим мактаби кутубхоначиси;

Ражабова Сарвиноз Юнусовна - Жондор туманидаги 1-умумий ўрта таълим мактабининг кимё фани ўқитувчиси.

Давлатимизнинг юксак мукофотлари билан самимий қутлаймиз!
#кун_ҳикмати

Ҳаёт сенга терс бўлиб тиконларини кўрсатаётган бўлса, ҳеч ҳам хафа бўлма, аксинча, хурсанд бўлгин. Чунки, яқинда гулнинг ўзини ҳам кўрсатади.

Жалолиддин Румий

https://t.iss.one/jondortuman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz

Agar insoniyatning donishmandlari, oqillari, ulamolari, insonlarni yaxshi kelajak sari yetaklamasa, yetaklanuvchilar yoʻlni topa olmay qolishadi.

“Ustoz” loyihasida— Oʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻofurov

https://t.iss.one/jondortuman
JONDORDA USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI TANTANA QILINDI

Jondor tumanidagi “Anhor” tantanalar saroyida 1 oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’lim tizimida ko‘p yil samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, ilg‘or pedagog va murabbiylar ishtirok etdilar.
Bayram tadbirini tuman hokimi Jamshid Xudoev ochdi va yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

E’tirof etilganidek, ayni kunda davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda xalq ta’limini tubdan rivojlantirish, pedagoglarning jamiyatdagi mavqei va obro‘yini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina Jondor tumani umumta’lim maktablari faoliyati misolida ham bu fikrimizga yetarlicha dalil keltirish mumkin.

Mustaqillik yillarida 31 nafar o‘qituvchi va murabbiylar Davlatimizning yuksak unvon, оrdеn va medallari bilan taqdirlandilar. Kechagina Prezidentimiz farmonlari bilan Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Sarvinoz Rajabova “Shuhrat” medali bilan, biologiya fani o‘qituvchisi Sadoqat Qo‘chqorova "Xalq ta'limi fidoyisi"  medallari bilan taqdirlandilar. Bu tumandagi barcha o‘qituvchi va murabbiylar mehnatiga berilgan bahodir.

Tantanalarda so‘zga chiqqan ishtirokchilar jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, hurmat va e’tiborning kuchayib borayotganidan mamnun ekanliklarini ta’kidlab, bu borada hukumatimizga o‘z minnatdorliklarini izhor qildilar.

Bayram davomida o‘zining mehnati bilan alohida ibrat ko‘rsatgan ustozlar tuman hokimligi tomonidan “Tashakkurnoma” va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Jondor_tuman_IM
#tantanali_saflanish

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor  tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 30-sentabr kuni "Tantanali saflanish" tashkil etildi. 

🍀 Saflanishda 9-A sinf o‘quvchisi Aripov Jahongir tanlovda qo‘liga kiritgan yutug‘i bilan taqdirlandi hamda davlatimiz rahbarining farmoni bilan mukofotlangan ikki nafar ustozimiz: S. Rajabova va
S. Qo‘chqorovaga munosib ehtirom ko‘rsatildi.
Saflanish davomida o‘quvchilarimizning ustozlarimizga bag‘ishlangan she‘r va qo‘shiqlari yangradi.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан давлат мукофотларини топширади ҳамда соҳа вакиллари билан таълимда амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан мулоқот ўтказади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари янгидан ташкил этилган Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институтида яратилган шароитлар билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды в связи с Днем учителей и наставников, а также проведет диалог с представителями сферы о проводимой работе и дальнейших приоритетных задачах в образовании.

Глава государства также ознакомится с созданными условиями в новом Национальном институте педагогического мастерства имени Абдуллы Авлони.

Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi.

Avvalo, alohida o‘rnak ko‘rsatgan ta’lim sohasi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident mamlakatimizning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni seleksiya yo‘li bilan tanlab olish bo‘yicha ilgari bo‘lmagan yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.

Natijada bu yilning o‘zida xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi so‘nggi 7-yilda 4 karra oshdi.

Bu yil 310 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliygoh talabalari bo‘ldi. Ana shu yoshlarning qariyb yarmi qizlardir.

Bunday natija ilgari hech qachon bo‘lmagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube