IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
483 subscribers
4.56K photos
384 videos
17 files
1.07K links
Download Telegram
#Jondor_tuman_IM
#hamkorlik

🏢Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro filiali bilan hamkorlikda navbatdagi sinov testlarini tashkil qildi.
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarining bilim darajasi va salohiyatini aniqlash maqsadida tashkil qilingan bu jarayonda barcha o‘quvchilar ishtirok etishib o‘z bilim darajalarini aniqlab olishdi.

Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Jondor_tuman_IM
#Samarali_dars

🏢Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Samarali dars” loyihasi davom etmoqda. Bugun 30-aprel sanasida geometriya fani o’qituvchisi Yo'ldoshev Shokir tomonidan 8-"A"sinf o’quvchilari bilan ochiq dars tashkillashtirildi. Dars jarayonida turli interaktiv metodlar, ko’rgazmali qurollar va AKT vositalaridan foydalanildi. Dars jarayoni maktab rahbariyati va fan o’qituvchilari tomonidan tahlil qilinib, turli tavsiyalar berildi.

Bu kabi ochiq darslar barcha fanlardan turli sinflar kesimida tashkillashtirishda davom etiladi. Asosiy maqsad— yil yakuni bo’lishiga qaramasdan, o’quvchilarning faolligini oshirish hamda ustozlarimizning o’z pedagogik mahoratlarini yana bir bor namoyish etishlariga imkon berish va bu orqali boshqa ustozlarning kasbiy kompetentligini oshirish uchun ko’maklashish.
  Jarayondan fotolavhalar...

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Forwarded from "Quvnoq matematika" olimpiadasi (BuxDU) (Nigora Davronova)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jondor_tuman_IM
#taqdirlash
#E'tirof

⚡️FAN OLIMPIADALARI GʻOLIBLARI BO‘LGAN BILIMDONLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida bo'lib o'tgan STEAM fanlar olimpiadasi va Qizlar olimpiadasida g'olib bo'lgan Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari taqdirlandi.
Jarayondan fotolavhalar


🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Smart coding-2024" olimpiadasida gʻolib boʻldi.

Qarshi, Termiz, Guliston, Xiva shahridagi Prezident maktablari pedagoglari ishtirokida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida Malayziyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Jasurbek Bekniyazov "Education USA Academy Connects" onlayn yozgi tayyorlov dasturi yo‘llanmasini
qo‘lga kiritdi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "School Workshop-2024" koʻrgazmasi
oʻtkazildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligiga bagʻishlangan tanlov
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi
ixtisoslashtirilgan maktabi, Olmazor, Sergeli, Chinoz, Oʻrta Chirchiq, Boʻka, Koson, Shahrisabz tumanlari, Qoʻqon, Navoiy, Guliston shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy hamda xalqaro sertifikatlariga ega boʻldi.

Chiroqchi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Qoʻshtepa tuman
ixtisoslashtirilgan maktabi, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Kattaqoʻrgʻon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Shumanay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida hududdagi umumtaʼlim maktablaridagi bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarligini aniqlash maqsadida test sinovlari
tashkil etildi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga Koreya Ta'lim markazi vakillari
tashrif buyurdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube