IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
479 subscribers
4.52K photos
384 videos
14 files
1.07K links
Download Telegram
✅️ ITM agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda

7-sinf o'quvchilari bilan navbatdagi psixotrening mashg'ulotlari o'tkazildi.
Psixologik test nomi: "O'quvchilardagi kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash",testi,"Stress profilaktikasi" va turli xil ahillashtiruvchi ,birlashtiruvchi psixologik mashg'ulotlar"
Bundan ko'zlangan maqsad: O'quvchilarimizdagi tashkilotchilik hamda insonlar bilan muloqotga qay darajada kira olishini aniqlash
"Biz birgalikda katta kuchmiz"shiori ostida jamoaviy harakat qilish ko'nikmasini rivojlantirish


Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
OLIY MAJLISI SENATI FAN, TAʼLIM VA SOG‘LIQNI SAQLASH MASALALARI QO‘MITASI ISHCHI GURUHI A'ZOLARI JONDOR TUMANIDAGI MAKTABLARDA BO‘LDI

🔹Viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarida “Ona tili” fani o‘qitilishi sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganayotgan ishchi guruh a’zolari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Mengliyev va Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi G‘ofir Hamroyev Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘ldilar.

🔹 Ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinflari bilan bo‘lgan dars jarayonlarida ishtirok etib, o‘quvchilarning ona tili fanidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#ochiq_dars

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida

Theme:Literature:Robin Hood.
Talk about it.Activities.
Sinf: 6- B
"Robin Gud" dan bitta bo'limni rollarga bo'lib ijro qilib berishdi.Dars to'liq ingliz tilida bo'ldi.O'quvchilar asar haqidagi savollarga javob berdilar,o'zlarining asarga munosabatlarini bildirdilar."Quiz viktorina" IT texnologiyadan foydalangan holda o'tkazildi.


Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni qutlug' ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Mana shunday tabarruk va duolar ijobat bo'ladigan kunda vatandoshlarimizning ezgu niyatlari amalga oshishini tilaymiz.

Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin! Keyingi bayramlarga ham tinchlik-xotirjamlik hamda hamjihatlikda yetkazsin!

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin!
Hayit barchamizga muborak bo'lsin!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ yurtdoshlarimizning shunday qutlug‘ ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ибрат_бекати

...Асли Худо қурган уй мўминларнинг қалбидир.

Эшитинг, тафаккур қилинг!

Бой ва камбағал қўшни қиссаси
...

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
​​26 апрель — Муҳаммад Юсуф туғилган кун

Сирожиддин Саййид,
Ўзбекистон халқ шоири

МАРСИЯ

Муҳаммад Юсуф…
Муҳаммад Юсуф…
Лабимда қолди
Таронам менинг.
Ҳавода қолди
Қўлим гул узиб.
Энди керакмас
Баҳонам менинг.

Бунчалар қалин
Дунёнинг пўсти.
Буғдойдай хоксор
Бир шоир ўсди.
Ногоҳ бир хабар
Тонгимни тўсди.
Титради олам,
Йиғлади онам:
– Боламнинг дўсти…
– Боламнинг дўсти…

Сенми, шеърият,
Сенми жон қадар.
Дилдаги сўнгги
Томчи қон қадар.
Тупроқдай азиз
Ҳам осмон қадар.
Кўкни ўша кун
Қалдирғоч босди
Хоразмдан то
Андижон қадар.

Ҳаёт – гоҳ бир бахт,
Бир омадгача.
Ё мингта номард
Ё бир мардгача.
Тошкентдан токи
Марҳаматгача,
Кета кетгунча,
Қиёматгача –
Тераклар, толлар
Қолди бўй чўзиб,
Муҳаммад Юсуф…
Муҳаммад Юсуф…

Куйлари қолди
Тоғу тошида,
Ўйлари қолди
Ой – қуёшида,
Булоқ бошида,
Хирмон бошида,
Ўзбекнинг қора
Кўзу қошида.
Бир шоир кетди,
Бир шоир ўтди
Бобур ёшида,
Бобур ёшида.

Эй булбулларга
Куй-ғазал, Ватан.
Сен – абад Ватан,
Сен – азал Ватан.
Ким сендан юлди,
Ким – ўсал, Ватан.
Гул, асал Ватан,
Сен юксал, Ватан,
Сен юксал, Ватан,
Ўйлади боланг,
Куйлади боланг,
Эй, гўзал Ватан!
Эй, гўзал Ватан!

Биз уни – ёшу –
Тупроққа қўйдик.
Тупроқни қошу
Қабоққа қўйдик.
Тушми, деб аввал
Рўёга йўйдик.
Ўзи суйган шу
Тупроққа қўйдик
Сўнги сабр бу,
Сўнги сафар бу –
Кўпроққа қўйдик,
Кўпроққа қўйдик.

Чирқираб қўнмай
Маконларига –
Отадин ёдгор
Айвонларига
Сингиллари ҳам
Райҳонларига.
Армонларига,
Ҳижронларига –
Қўшиб жўнатди
Руҳ, жонларига.
Олиб кетдилар
Қалдирғочлари
Осмонларига,
Осмонларига.

Айланар чархнинг
Чархпалаклари
Алмашиб рангу
Камалаклари.
Қолди она уй
Сумалаклари,
Мажнунтолларнинг
Жамалаклари.
Нозима қолди,
Мадина қолди –
Капалаклари,
Ҳандалаклари.

Дўсту ёр йўли
Доим йироғдир.
Гоҳи дийдору
Гоҳи фироғдир.
Дилбандларига
Ватан қароғдир.
Чин фарзандлар ҳам
Ўчмас чироғдир.
Ҳозир ҳам балки
Жим ўйлаётир.
Юртига шаъну
Шавкатлар ёғдир,
Ё, қодир Оллоҳ,
Тупроқларига
Раҳматлар ёғдир,
Раҳматлар ёғдир.

Муҳаммад Юсуф…
Муҳаммад Юсуф…

2001, август
СЎНМАС САОДАТ

Ҳар куни, ҳар соатда
Гавжумликнинг тафтин туй.
Беш томчи бу ҳаётда
Ўзингнимас, элни суй.

Тегрангдаги минг хил кас
Бирдек суяр суйганни.
Эл эсидан чиқармас
Эл деб жони куйганни.

Анвар ОБИДЖОН

Уланиш учун: https://t.iss.one/ijod_bustoni
#ochiq_dars
“Bul kitob jism-u fig'onimdir mening,
Bu kalom jon-jahonimdir mening”, - Grigoriy Narikadzening ushbu so'zlari epigraf qilib olingan Chingiz Aytmatovning butun bir asrning hasratini bir kunlik tarixga mujassamlashtirgan "Arga tatigulik kun" asari tahliliga bag'ishlangan ochiq dars o'quvchilarning faolligi, tahlillari, bahslari bilan yanada jonli va mazmunli bo'ldi. 9-B sinf o'quvchilari "Nayman ona", "Edigey", "Jo'lomon" guruhlariga bo'lingan holda darsda qatnashishdi. "Qahramonga maktub", "Bilimdonlik sinovi" da egallangan Bilimlar sinalgan bo'lsa, "Munosabat", "Karvon", "Yosh rassomlar" shartlarida o'zlarining tanqidiy-tahliliy, ijodiy mulohazakorliklrini namoyon qilishdi.

Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube