IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
480 subscribers
4.73K photos
386 videos
17 files
1.09K links
Download Telegram
#sayohat
#Jondor_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
❇️ Mamlakatimizning  qadimiy va boy tarixini o'rganish,uni yoshlar orasida keng targ'ib qilish,shuningdek o'quvchilarda milliy g'urur va iftixor tuyg'usini mustahkamlash maqsadida "Vatan bo'ylab sayohat" shiori ostida IMA tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-d sinf o'quvchilari bilan qadimiy va hamisha navqiron ona shahrimizda joylashgan Buxoro ichki ishlar muzeyiga hamda kasb-hunar markazi "Monomarkaz"ga sayohat uyushtirildi.
Sayohatdan ko'zlangan asosiy maqsad,o'quvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushuncha berish hamda muqaddas  qadamjolarimizga nisbatan mehr-oqibat,sadoqat,shukronalik kabi umuminsoniy tuyg‘ularni yanada mustahkam singdirishdan iborat bo'ldi.
Ayniqsa, Ichki ishlar muzeyiga uyushtirilgan sayohat katta taassurot qoldirdi.
🔰Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
🏢 ITM agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda

6-sinf o'quvchilari bilan birga "ORZULAR XARITASI "nomli psixologik mashg'ulot o'tkazildi. Mashg'ulotdan ko'zlangan asosiy maqsad bolalarda orzu qilish istagining ortishiga erishish.

Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#bizning_faxrimiz
ILM -INSONNI YUKSALTIRADI

🏢 Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchisi

📌Biologiya-fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining viloyat bosqichi g‘olibi
🎗l-o'rin Fayzullayev Shiddatbek Sherzod o‘g‘li  viloyat boshqarma boshlig'i Qurbonov Farrux Ergashevich tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🔰O'quvchimizning ustozlari Qo‘chqorova Sadoqat To‘lisovnani shunday natijalarga erishishganliklari bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz va respublika bosqichida omad tilaymiz. 

Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida


"5 tashabbus" doirasida "Drama" to'garagida sinfdan tashqari o'qilgan asarlar muhokama qilindi. To'garak a'zolarining Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanidan olgan taassurotlari, obrazlarga tavsiflari, tarixiy voqealarga munosabatlari qizg'in bahs-munozaraga sabab bo'ldi. O'quvchilar, shuningdek, pantomima metodi orqali fikrni yetkazish usullarini o'zlashtirdilar.

Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro MTRK "Diyor yangiliklari" informatsion dasturi:

Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo`riqlash boshqarmasi tomonidan bitiruvchi o`quvchi yoshlar uchun “Ishga marhamat” monomarkaziga sayohat uyushtirildi.

Kanalga ulanish 👉 @Buxoro_viloyati_MG
ҚОДИРИЙНИ ЎҚИБ

Йиллар ўтиб борса-да, ҳамон
Қўмсаб-қўмсаб ўқиймиз сизни.
Сиз бамисли зангори осмон,
Биз қўмсаймиз осмонимизни.

Чақир тошли тунги йўллардан
Отда елиб ўтамиз бирга,
Айлантириб Кумушнинг оддий
Сўзларини бокира шеърга.

Яна ортга қайтамиз кейин,
Келажакка боқамиз мафтун.
Нимадандир ичикиб, қийин
Ўйлар ичра қоламиз беун.

Кейин яна уй деразасин
Очган каби соф ҳаволарга,
Бўғриққан, дим уй деразасин
Очган каби шўх наволарга —
                                                               
Туйиб дилда масъум унларни,
Титраб-титраб дил ларзасидан,
Биз очамиз «Ўтган кунлар»ни
Юрагимиз деразасидай.

     Хуршид ДАВРОН

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
#turner_musobaqa
🔰 "Amir Temur -o‘zbek davlatchiligining asoschisi" shiori ostida
Jondor tumanixtisoslashtirilgan maktabida

Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 687 yiligi munosabati bilan barcha sinf o‘quvchilari òrtasida o'tkazilgan shaxmat musobaqasi tashkil qilindi.

Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube