Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
424 subscribers
1.66K photos
129 videos
46 files
533 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifasi.

Murojaat uchun: @ShurchiIM_bot
+99899-014-66-95
+99891-908-78-70
+99891-232-77-72
Download Telegram
#Shurchi_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#konstitutsiya

🇺🇿MENING KONSTITUTSIYAM🇺🇿

Davlatimizning bosh qomusi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqivchilari oʻrtasida insholar tanlovi oʻtkazildi.

✍️ Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🌐 Sho'rchi tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/PTMAShurchi
#Shurchi_tuman_IM
#Ochiq_muloqot

Sho’rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Sho’rchi tuman IIB Tergov bo’limi boshlig’i Mayyor F.Sharipov ishtirokida huquqiy-ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi.

🔷 Muloqot davomida o'quvchilarga Yangi konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirishlar haqida ma'lumot berildi hamda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob olishdi.

☑️ Shuningdek, bitiruvchi sinf o'quvchilariga Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi hamda undagi ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

🌐Sho'rchi tumanIM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/PTMAShurchi
#Shurchi_tuman_IM
#Mening_konstitutsiyam

🇺🇿OCHIQ DARS🇺🇿

Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tarix fani oʻqituvchisi Xoliyarov Ashurali Mening konstitutsiyam mavzusida ochiq dars oʻtdi.

✍️ Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🌐 Sho'rchi tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/PTMAShurchi
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi

#konstitutsiyamiz_32yoshda

@hilola_umarova
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.

🎼 Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shurchi_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Natijalar

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchilari matematika fanidan milliy sertifikatni qo'lga kiritishdilar.
11-sinf Bo’riyev Saidahror 69.89 A
11-sinf Choriyev Sherali 56.32 B
11-sinf Ro’zmamatov Ne’matullo 48.99 C darajalarni qo'lga kiritdilar.

Ushbu o'quvchilarimizni chin dildan tabriklab, taʼlim bergan ustozlariga ming rahmatlar aytamiz.

🌐 Sho'rchi tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/PTMAShurchi
🏆 Bugun Oʻquvchilar oʻrtasida ilk marotaba “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Shoʻrchi tumani ochiq chempionati oʻtkazildi!

Turnirda jamoalarga jami 48 ta savol berildi. “Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika bosqichiga taʼlim muassasalari terma jamoalarini tizimli ravishda tayyorlab borish maqsadida savollar 5-6-7-8-sinf darsliklaridan tuzildi.
Jami 4 ta tur 48 ta savol natijasiga ko‘ra,  jamoalar quyidagi sovrinli o‘rinlarni egalladi.

🥇1-o‘rin: Shoʻrchi IM terma jamoasi ( Oʻzgacha)  jamoasi
🥈2-o‘rin: Shoʻrchi IM terma jamoasi (Yuksalish jamoasi)

🥉3-o‘rin: Shoʻrchi IM (10-A) Genesis jamoasi.
  4-oʻrin: Kushon (Shoʻrchi) 62-maktab jamoasi

5-oʻrin: Genius
6-oʻrin: Science
7-oʻrin: Perfekt
8-oʻrin: Evrika
9-oʻrin: Aura
10-oʻrin: Ziyolilar
11-oʻrin: Everest jamoasi
12-oʻrin: The Best jamoasi
13-oʻrin: Best jamoasi

Oʻyinimiz oz emas, koʼp emas 4 soat davom etdi. Barakalla! Oʻqish va izlanishdan charchamanglar aziz oʻquvchilar!

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
https://t.iss.one/PTMAShurchi
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rejalar_2025

Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.

Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:

Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;

Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;

Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;

Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;

Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;

6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;

“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;

“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;

Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;

Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;

Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;

Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;

Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;

Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;

6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.

@hilola_umarova
#Shurchi_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Natijalar

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yana bir nafar 11-sinf o'quvchisi matematika fanidan milliy sertifikatni qo'lga kirititdi.
11-sinf Baxtiyorov Jamoliddin Sobir o’g’li 51.76 C+ darajani qo'lga kiritdilar.

Ushbu o'quvchimizni ham chin dildan tayyorlab bergan ustozlariga ming rahmatlar aytamiz.

🌐 Sho'rchi tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/PTMAShurchi