Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.72K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

8-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin, O‘zbekiston! Yurtimiz hamisha qudratli, obod va har birimiz uchun iftixor ramzi bo‘lsin! 🇺🇿

-

С Днём Конституции, Узбекистан! Пусть наша страна всегда будет сильной и процветающей, гордостью для каждого из нас! 🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Konstitutsiya

🎉🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni muborak bo‘lsin! 🇺🇿🎉

Bugun biz yurtimiz qonunlari asoslarini va ularning adolat, tenglik va erkinlik kabi qadriyatlarini nishonlaymiz. Keling, o‘z qomusimizni faxrlanaylik va aziz O‘zbekistonimizning yanada yorqin kelajagini birgalikda bunyod etaylik!

🌟 Barchangizni ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz! 🌟

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bugun

🔥 1992-yil 10-dekabr. Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.

Madhiyamizda xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

🔅 Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz, yoshlarimizni ushbu qutlug‘ kun bilan chin dildan muborakbod etamiz! Istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi ushbu tarona asrlar osha baralla yangrayversin!

🌐 Telegram | Facebook
🎯 Kamondan o'q otish: Faxrli G‘alaba!

Xiva Prezident maktabi o‘quvchilari yana bir yorqin muvaffaqiyatga erishib, maktabimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tardi. 8-dekabr – Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab Urganch shahrida o‘tkazilgan kamondan otish bo‘yicha musobaqada o‘quvchilarimiz o‘zlarining a’lo darajadagi tayyorgarligi, tirishqoqligi va tashabbuskorligi bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati qo‘riqlash boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda yosh sportchilar o‘z kuch va mahoratlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Maktabimiz o‘quvchilari ushbu g‘alabasi orqali nafaqat o‘z mahoratlarini isbotlashdi, balki jamoaviy ruh, intizom va qat’iyat namunasi ko‘rsatishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Psixologdan mualliflik loyihasi

🏫 Xiva shahridagi Prezident maktabi psixologi Muyassar Maxsudovna tomonidan "Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati" mavzusida psixologik tavsiyalar tayyorlandi.

📺 Tavsiyalarni tomosha qilib, ota-onalarning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va masʼuliyatini chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ling.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
📚 Maktabimizda imtihonlar boshlandi

Bugun Xiva Prezident maktabida semestr yakuniy imtihonlari boshlandi. O‘quvchilarimizning bilim va ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan ushbu imtihonlar maktab hayotidagi muhim bosqichlardan biridir.

Sinfxonalarimizda o‘quvchilar mas’uliyat bilan imtihonlarni topshirishmoqda. Har bir o‘quvchimiz sinovlarda o‘z bilimlarini namoyish etib, a’lo natijalar uchun harakat qilishmoqda.

Barcha o‘quvchilarimizga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

PREZIDENT VA IJOD MAKTABLARI FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi Prezident va ijod maktablarining 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, ZOOM platformasi orqali tizimdagi Prezident hamda ijod maktablarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’lim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘quv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qo‘shimcha kurslar va to‘garaklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, Prezident hamda ijod maktablarida bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini o‘rnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir Prezident hamda ijod maktabining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga Prezident hamda ijod maktablarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Tashrif
#Do’stlik
🏢Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari “Nurli maskan” maktab internatiga tashrif buyurishdi.
🎯Maqsad - istiqbolli hamkorlik,do’stlik loyihalari va madaniy-ma'rifiy, intellektual dasturlar.
📎Tashrif davomida o’quvchilar maktab faoliyati,kutubxona va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
📝”Nurli maskan” o’quvchilari bilan bir jamoada Zakovat intelektual o’yini ham tashkillashtirildi.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiqlar uchrashuvni yanada boyitdi.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube