Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.68K subscribers
7.61K photos
1.23K videos
57 files
2.98K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Tanlov
#Ustozlar_kuni

"USTOZIMGA..." NOTIQLAR TANLOVI

Xiva shahridagi Prezident maktabida o'qituvchi va murabbiylar kuni arafasida sana munosabati bilan notiqlik tanlovi o'tkazildi.

⚡️O'quvchilarning ustozlarga nisbatan dil izhorlari yig'ilganlarni ta'sirlantira oldi.

🏆 Tanlov yakuniga ko'ra eng yaxshi deb topilgan nutq egalari diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🌐Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Mutolaa

Uygʻonish toʻplami — millatni uygʻota olganlar haqida millatni uygʻotadiganlarga!

Toʻplamda al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy, al-Buxoriy, Moturidiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino kabi jahon ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimiz haqida qimmatli maʼlumotlar oʻrin olgan.

Kitoblarni oʻqish orqali buyuk insonlar haqida maʼlumot olasiz, oʻzingiz ham ular kabi buyuk boʻlishga intilasiz.

Mazkur to'plam ta'lim muassasalari va tashkilotlarga bepul tarqatilishi ko'zda tutilgan.

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilindi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 640 mingdan ziyod pedagog — tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak bo‘lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#prezident_maktablari

Kun keladi bir kun parvoz qilgaymiz,
Olis samolarni biz ham ko‘zlaymiz.
Sizga go‘zal tabrik izhor qilgaymiz,
Ustozlar bayrami muborak, ustoz!

⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Gulnoraxon Sobirjonovadan ustozlarga bayram tabrigi.

📍Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozım
#Ustozlar_bayrami

O'QITUVCHI VA MURABBIYLARGA BAG'ISHLANADI!

Samimiy zotlarga samimiy o'xshatishlar...

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
“Barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim masalalariga jalb qilish bo‘yicha” Milliy strategiya qabul qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida yoshlar tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan Milliy strategiyani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzade, UNESCOning Ta'lim bo'yicha mutaxassisi Mariko Fujisawa qatnashishdi.

⚡️Uchrashuvda, shuningdek Toshkent shahridagi 81-maktab va Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur ikki maktab ”Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqqa sazovor bo’lishgan.

Tadbir davomida mas'ullar ekologik muammolarning naqadar dolzarbligi va ushbu qabul qilinayotgan Milliy strategiyaning ahamiyati haqida so'z yuritishdi.

✔️ Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, mas'ul vazirlik va yoshlar ishtirokida ishlab chiqilgan mazkur hujjatda:

bolalarda ekologik muammolar bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish;
mamlakatda iqlimbardosh va muqobil energetika manbalaridan keng foydalanish;
oziq-ovqatni isrof qilmaslik va chiqindilarni qayta ishlash;
ekologiyani asrashga o‘z hissasini qo‘shganlarni munosib rag‘batlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanayotganligi
ta'kidlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas

🌈Yurtimiz bo'ylab “Xon atlas” festivali boʻlib oʻtdi. Xiva shahridagi Prezident maktabi xotin-qizlari ham atlas, adras kabi milliy liboslar kiyib, festival kayfiyatini ulashdilar.

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube