Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
6.7K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Shahrimizga kelayotgan sayyohlarni vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida har kuni "Ichan qal'a" davlat muzey-qo‘riqxonasi hudida "Ichan qal'ada har kun bir tadbir" loyihasi doirasida madaniy ko‘ngil ochar dasturlar namoyish etilmoqda — foto

В рамках проекта "Мероприятие каждый день в Ичан-Кале" на территории Государственного музея — заповедника "Ичан-Кала" ежедневно проходит культурно-развлекательные программы с целью значимого времяпрепровождения туристов, приезжающих в нашу город - Фото
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring

🗂 Mazkur telegram kanallarida Prezident maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:

🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Buyuk allomalar izidan.” Fizika fanidan final bosqichi g'oliblari taqdirlanadi!

Olimpiadaning fizika fanidan o'tkazilayotgan final bosqichida joriy yilning 9-aprel kuni o'tkazilgan saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etishmoqda.

🔴 Olimpiadani quyidagi havola orqali jonli tarzda tomosha qilib borishongiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=SeIjkF2jCTM

📌 Eslatib o'tamiz, fizika fanidan final bosqichida g'olib bo'lganlar bugunning o'zida taqdirlanadi. Mutlaq g'olib 🥇 20 million so'm pul mukofoti, shuningdek, 10 nafar sovrindor esa 2 million so'mdan pul mukofotlari va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olish uchun 38 million so'mlik grant bilan hamda medal va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universiteti tomonidan o‘tkazilgan olimpiadada Navoiylik o‘quvchi 20 million so‘mlik pul mukofoti sovrindori!

🏆 Bugun "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Nurota tumanidan kelgan Ma'mur Xushvaqtov mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so'mlik grantlar taqdim etildi.

🎗 Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

#olimpiada #fizika #final

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube