Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
6.85K photos
1.18K videos
57 files
2.76K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰 Bugun, 23-yanvar kuni Xorazm viloyati Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Ochilish tadbirida Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, mehnat faxriylari Kenjaboy Ortiqov, Sotimboy Rahimov, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok qildilar.

Tadbir davomida mehmonlar maktabning sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Muassasada qurilish-ta'mirlash ishlarini olib borgan "Xorazm invest xolding" MCHJ xodimlariga tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.


✔️Ma'lumot o'rnida, ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, muassasada ta'lim olayotgan o‘quvchilar soni 603 nafarni tashkil qiladi, shulardan 402 nafari ixtisoslashtirilgan sinflarda, 201 nafari umumta'lim sinflarda tahsil olmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from MinInnovation
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣 "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida Respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

✍️Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro`yxatdan o'tishlari mumkin.

☎️ Qo'shimcha ma'lumot:
+998 97 411 93 54 | +99890 806 63 60
#Халқаро_таълим_куни

24-YANVAR - XALQARO TA'LIM KUNI!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko'ra, 24-yanvar “Xalqaro ta'lim kuni” deb e'lon qilingan.

❗️Bu yilgi Xalqaro ta'lim kuni "Inson uchun eng yaxshi sarmoya - ta'limga kiritilgan sarmoyadir" ("To Invest in People, Prioritize Education") shiori ostida nishonlanmoqda.

Ta'lim sohasini rivojlantirmasdan mamlakatni taraqqiy ettirib bo‘lmaydi. Zero, sifatli va uzluksiz ta'limni rivojlantirish O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

⚡️Xususan, ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident, 9 ta ijod, 171 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyat olib bormoqda.

Ularning barchasida yoshlarimizga jahon standartlari asosida ta'lim berib kelinmoqda.

#Таълим_тараққиёт_асоси #24_январь

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm

⚡️XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Agentlik Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, Qo'shko'pir tumani prokurori, adliya maslahatchisi Boburbek Matrasulov, mehnat faxriysi Bakturdi Sobirov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

✔️Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.
_______
📌Ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 326 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Zakovat

ADOLATDA KUCH, ZAKOVATDA KUCH!

🔹Xiva shahridagi Prezident maktabida "ZAKOVAT" klubining navbatdagi o'yini bo'lib o'tdi.

🔹Intellektual o'yinda ishtirok qilgan jamoalar orasida bu safar peshqadamlik 9-sinf o'quvchilaridan iborat bo'lgan "Taraqqiyot" jamoasiga nasib qildi.

⚜️⚜️⚜️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇👇👇
Telegram | Instagram
Facebook | You tube
Forwarded from ITSM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
#Kasblar_olamiga_sayohat
#Mening_kelajakdagi_kasbim

🏭 Metallurgning bir ish kuni!

➡️ Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, endilikda o‘quvchilarga maktabning o‘zida 64 xil kasb va hunar o‘rgatilishi bo’yicha vazifa qo’yildi.

◀️ Biz o’quvchilarga zamonaviy kasblarni tanishtirish maqsadida kasblar olamiga bo'lgan virtual sayohatimizni davom ettiramiz.

⚙️ Metallurg — metal qazib olish va uni qayta ishlash bilan shug'ullanadigan og‘ir sanoat mutaxassisi sanaladi.

👤 Bugun biz metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan og‘ir sanoat texnologi misolida ushbu kasb egasining faoliyati bilan tanishamiz.

➡️ Ogʻir sanoat texnologi – bu maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarish ketma-ketligini aniqlaydigan mutaxassis boʻlib, ishlab chiqarishni baholaydi va oqilona texnologik qarorlarni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

📍 Ma’lumot uchun: 🗓 2020-yilning 4-dekabr sanasi Oʻzbekiston metallurgiya sanoati tarixida muhim tarixiy kun sifatida muhrlanib qoldi. Sababi aynan shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent metallurgiya zavodi (TMZ) faoliyatiga start berildi. Bu zavod Oʻzbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.

🔔 Sahifamizni kuzatishda davom eting, navbatda shu kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi mutaxassisliklar faoliyati bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.

📣 Eslatib o'tamiz: Bundan oldingi videorolik orqali "Kimyogar texnolog"ning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirib o'tgan edik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_dars

FIZIKA HAYOTNI YENGILLASHTIRADI

Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari Sohiba Babanazarova (ona tili va adabiyot) va Vaisbek Atanazarov (fizika) 7-sinf o'quvchilariga "Fizika hayotni yengillashtiradi. Fizika faniga oid atamalar, ularning talaffuzi va imlosi" mavzusida integratsion dars tashkillashtirishdi.

📌Darsda oʻquvchilar bir qancha tajribalar o'tkazib, turli qiziqarli topshiriqlarni bajardilar. Shu bilan birga, fizika faniga oid atamalarning to'g'ri talaffuzi va imlosini o'rganib olishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇👇👇
Telegram | Instagram
Facebook | You tube