Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.74K subscribers
7.79K photos
1.24K videos
57 files
3.04K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 151-sonli umumta'lim maktabida bir guruh ota-onalar va pedagoglar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova ishtirok etdi.

Muloqotda yangi baholash tizimi, uning o‘ziga xos tomonlari va kutilayotgan natijalar haqida so’z yuritildi.

Tadbir davomida ota-onalar tomonidan:

BSB va CHSB imtihonlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari,
imtihonlarda past natija ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan ishlash,
baholash tizimi bilan bog’liq kelgusi rejalar kabi mavzularda ko‘plab savollar berildi.

Savollarning barchasiga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.

❗️Shuningdek, tadbirda mazkur baholash tizimi o’quvchilarda o‘z ustida ishlashga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirayotganligi ham alohida ta’kidlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5 Tashabbus Doirasida Faoliyatlar

Bugun maktabimizda 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘quvchilar uchun mazmunli tadbirlar tashkil etildi:

🎨 Ijodiylik va san’at: O‘quvchilar “Qadimiy shaharlar” mavzusida rasmlar chizib, ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishdi. Tarixiy shaharlarning go‘zalligi va boy madaniy merosimizni aks ettiruvchi bu asarlar o‘quvchilar tasavvurini yanada boyitdi.

⚽️🏐 Sport va jismoniy faollik: O‘quvchilar futbol, voleybol va boshqa sport mashg‘ulotlarida ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi. Ushbu faoliyatlar jamoaviylik va harakatning muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

📖 Kitobxonlik va ta’lim: O‘quvchilar o‘z ustozlari tomonidan berilgan vazifalarni bajarish orqali bilimlarini mustahkamlashdi.

Mazkur tadbirlar o‘quvchilarni ijodkorlik, jismoniy faollik va bilimga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
5-sinflar bilan Shukronalik Mavzusida Suhbat

Bugun 5-sinf o‘quvchilari bilan shukronalik hissini uyg‘otish maqsadida mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida o‘quvchilarga shukronalikning ahamiyati, uning inson hayotidagi o‘rni va kundalik hayotda minnatdorlikni ifoda etishning oddiy usullari tushuntirildi.

O‘quvchilar o‘z fikrlarini ochiq bildirishdi va minnatdorlikni qanday qilib amalda namoyon etish haqida qiziqarli misollar keltirishdi. Ushbu suhbat ularning hayotga ijobiy munosabatini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. 🌟

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#hududlardan_xabarlar

⏺️Nurafshon hamda Qarshi shahridagi Prezident maktablari tashkil etilganiligiga uch yil toʻldi.

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida kasbiy rivojlanish treningi
oʻtkazildi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida eko-festival
boʻlib oʻtdi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida “Istiqbolli avlod”
Yosh ko‘ngillilar harakati haqida taqdimot oʻtkazildi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Islombek Otaboyev "Robotech Fest- 2024" tanlovida
gʻolib boʻldi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabida klaviaturada tez yozish musobaqasi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyati bilan
tanishdi.

⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Kasblar almashish kuni" loyihasi
amalga oshirildi.

⏺️Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida memorandum
imzolandi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabi muassisligidagi “Foresight” jurnalining yangi soni
eʼlon qilindi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabida “Jadidlar”mavzusida davra suhbati
oʻtkazildi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Oʻquvchilar almashinuvi” dasturi doirasida badiiy-musiqali chiqishlar
namoyish etildi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga Ozarbayjonning “Hadaf” STEAM litseyi direktori Shamil Sadik
tashrif buyurdi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida “Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri
o‘tkazildi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2-saralash bosqichi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoira Enaxon Siddiqova xotirasiga bagʻishlangan adabiy kecha
oʻtkazildi.

⏺️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Oʻquvchilar almashinuvi dasturi” doirasida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabidan kelgan oʻquvchilar bilan xayrlashuv marosimi
tashkil etildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida sport musobaqalari
boʻlib oʻtdi.

⏺️Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari Toshkent shahrida oʻtkazilgan xalqaro musobaqada sovrinli oʻrinlarni
qoʻlga kiritdi.

⏺️Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston tarix davlat muzeyiga
sayohat qildi.

⏺️
Shayxontohur, Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida 11-sinf oʻquvchilarining oliy taʼlim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi Akbarjon Karimov "Open Asia-2024" xalqaro tanlovida
gʻolib boʻldi.

⏺️Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari harbiy-vatanparvarlik festivalida
ishtirok etdi.

⏺️
Qoʻngʻirot, Buvayda tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida eko-aksiya tashkil etildi.

⏺️Doʻstlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11- sinf oʻquvchisi Hulkaroy Hasanova "Konstitutsiya bilimdoni" koʻrik tanlovining Respublika bosqichiga
yoʻllanma oldi.

⏺️Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tanlovlar va fan olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan oʻquvchi va pedagoglar
taqdirlandi.

⏺️Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻlkashunoslik mavzusida tanlov
oʻtkazildi.

⏺️Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xalqaro psixologlar kuni"
nishonlandi.

⏺️Sardoba tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Zakovat” bellashuvi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialiga
ekskursiya qildi.

⏺️Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida ota-onalar bilan davra suhbati
tashkil etildi.

⏺️Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Milliy gvardiyaning Shofirkon tuman Qo‘riqlash bo‘limi bilan hamkorlikda kamondan otish bo‘yicha musobaqa
oʻtkazildi.

⏺️Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bagʻishlangan “Osmonlar sirini kashf etgan alloma” mavzusida rasmlar tanlovi
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Sirdaryo

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube