Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.77K photos
1.18K videos
57 files
2.74K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Samarqand

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahar, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi hamda Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, dars jarayonlari kuzatildi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining o‘quvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_muloqot

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 151-sonli umumta'lim maktabida bir guruh ota-onalar va pedagoglar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova ishtirok etdi.

Muloqotda yangi baholash tizimi, uning o‘ziga xos tomonlari va kutilayotgan natijalar haqida so’z yuritildi.

Tadbir davomida ota-onalar tomonidan:

BSB va CHSB imtihonlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari,
imtihonlarda past natija ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan ishlash,
baholash tizimi bilan bog’liq kelgusi rejalar kabi mavzularda ko‘plab savollar berildi.

Savollarning barchasiga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.

❗️Shuningdek, tadbirda mazkur baholash tizimi o’quvchilarda o‘z ustida ishlashga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirayotganligi ham alohida ta’kidlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM