Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.77K subscribers
7.95K photos
1.25K videos
57 files
3.11K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Vatanparvarlik_darslari

❇️ Xiva shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o'quvchilari uchun Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti Jamshid Xasanboyev bilan hamkorlikda ChQBT darsi bo'lib o'tdi.

Dars so'nggida kursant mazkur bilim yurti haqida ma'lumot berib o'tdi.

𝑩𝒊𝒛 𝒊𝒋𝒕𝒊𝒎𝒐𝒊𝒚 𝒕𝒂𝒓𝒎𝒐𝒒𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂:
telegram | instagram
facebook | you tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Student_union
#Choraklik_dayjest

🎥 Xiva shahridagi Prezident maktabida II chorak davomida amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar haqida qisqacha videorolik.

❇️ Videorolikni "Student union" jamoasi a'zosi 11-sinf o'quvchisi Boburbek Hakimov tayyorladi.

𝑩𝒊𝒛 𝒊𝒋𝒕𝒊𝒎𝒐𝒊𝒚 𝒕𝒂𝒓𝒎𝒐𝒒𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Agentlik_fan_olimpiadasi

⚡️Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari boshlandi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida shu yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, Fargʻona shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan Agentlik fan olimpiadasining Farg‘ona viloyati bosqichini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ochib berdi.

Takidlanganidek, mamlakatimizda yoshlar ta'limiga yuksak e'tibor berilmoqda. Iqtidorli o‘gil-qizlar zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Hududlarda tashkil etilgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bunga misol.

Moddiy-texnik bazasi mustahkam, kuchli bilim va malakali pedagog  kadrlarga ega, xalqaro tajriba va zamonaviy talim standartlariga asoslangan bunday ta'lim maskanlari o‘quvchilari kelajagimiz umidlaridir.

- Shunday ekan, barcha ishtirokchilarga omad tilayman, bu olimpiada bilimlaringizni sinash uchun o‘ziga xos maydon bo‘lish bilan birga, mamlakatimiz taraqqiyoti, ilm-fan yo‘lida yangi marralarni zabt etishga ham undaydi, - dedi Agentlik direktori A.Ubbiyev.

Malumot o‘rnida, Agentlik fan olimpiadasi viloyat bosqichlarida  joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari,  shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi. Shu bilan birga  2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari ham  to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun bo‘lib turibdi.

Delegatsiya vakillari ayni paytda Pekin shahrida IB (International Bacallaureat) xalqaro dasturi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Xalqaro IB dasturi akkreditatsiyadan o‘tish bosqichlari va talablariga javob berish bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish, ota-onalar bilan ishlashni tashkil etish, milliy va ma’naviy muhitni shakllantirish yuzasidan Xitoy maktablari tajribasi o‘rganildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_fan_olimpiadasi

STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan 
Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichidan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube