Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
6.94K photos
1.19K videos
57 files
2.79K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Kitobxonlik
#Hamkorlik

OILAVIY KITOBXONLIK DAVOM ETMOQDA...


📚Maktab va oila orasidagi hamkorlikni hamda o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilarining ota-onalari kitobxonlik tanlovi o'tkazildi.

⚡️ Tanlovning navbatdagi sonida ota-onalarning faolligi e'tirofga loyiq bo'ldi. Tadbir so'nggida faol ota-onalar maktab tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Ishtirok va hamkorlik uchun katta rahmat hurmatli ota-onalar!

𝑩𝒊𝒛 𝒊𝒋𝒕𝒊𝒎𝒐𝒊𝒚 𝒕𝒂𝒓𝒎𝒐𝒒𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂:
telegram | instagram
facebook | you tube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Hamkorlik

📌Xiva shahridagi Prezident maktabida 28-aprel — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab, o‘sib kelayotgan yosh avlodda munosib va xavfsiz mehnat tushunchalarini shakllantirshga qaratilgan uchrashuv tashkillashtirildi.

O‘tkazilgan uchrashuvda O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi inspektori E. Bayjanov va O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari Xorazm viloyati kengashi tashkiliy bo'lim mudiri R.Babajanovlar hamkor sifatida ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma'lumot berib o'tdilar. Uchrashuv davomida o'quvchilar va xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Hamkorlik
#Memorandumijrosi
Xiva shahridagi Prezident maktabida Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik litseyi bilan imzolangan memorandum doirasida olib borilayotgan ishlar davom etmoqda. Maktabimizga Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy maktabining o'quvchi yoshlari tashrif buyurdilar hamda maktabimiz bilan, maktabdagi ta'lim jarayonlari va o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Sport zalida o'quvchilar o'rtasida voleybol o'yinlari o'tkazildi. Bundan tashqari robototexnika to'garagi a'zolari o'zlarining loyihalarini taqdimot qildilar. Hamkorlik doiradidagi ishlar davom etadi.
✍️Xiva shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Hamkorlik
Xorazm viloyati, Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari "Chavondozlik" sirlarini o'rganishdi.
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Hamkorlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Xiva shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Jasmina Mangliboyeva chet el universitetlariga hujjat topshirish va bir qancha loyihalar haqida ma'ruza o‘tkazdi.

▪️TEDxKhivaPS,
▪️KPSMUN,
▪️Green boosters va
▪️IGNITE kabi loyihalarni taqdim etib, o‘quvchilarga yangi imkoniyatlar va xalqaro maydonda o‘zlarini sinab ko‘rish yo‘llarini tushuntirdi.

Jasmina, shuningdek, yoshlarni o‘z maqsadlari sari intilishga va global loyihalarda ishtirok etishga chorladi. Ushbu tadbir o‘quvchilarga ilhom bag‘ishlab, ularga kelajak sari yo‘l ochishda yordam berdi!

🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Tashrif
#Do’stlik
🏢Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari “Nurli maskan” maktab internatiga tashrif buyurishdi.
🎯Maqsad - istiqbolli hamkorlik,do’stlik loyihalari va madaniy-ma'rifiy, intellektual dasturlar.
📎Tashrif davomida o’quvchilar maktab faoliyati,kutubxona va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
📝”Nurli maskan” o’quvchilari bilan bir jamoada Zakovat intelektual o’yini ham tashkillashtirildi.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiqlar uchrashuvni yanada boyitdi.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM