Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
6.78K photos
1.18K videos
57 files
2.75K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun jasur, qalbi pok va irodasi kuchli insonlar kuni. Ular hayotning murakkab sinovlarini yengib, atrofidagilarga ham umid bag‘ishlamoqdalar.

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 90 ta ixtisoslashgan maktab-internatlarda o‘qishda va ishda a’lo natijalar ko‘rsatayotgan 21,4 ming nafar o‘quvchi hamda 9 mingdan ortiq pedagog xodim bor.

Ular hayotning murakkab sinovlariga qaramay o‘qishda va ishda a’lo natijalar ko‘rsatib kelishmoqda.

Mazkur videolavhadagi qahramonimiz — Davron Xidirov. U bolaligida og‘ir xastalikdan so‘ng eshitish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Shunga qaramasdan ota-onasining e’tibori va g‘amxo‘rligi sababli sog‘lom tengdoshlari kabi umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tugatgan.

U maktab davridanoq sportning taekvondo turi bilan muntazam shug‘ullanib kelgan. Bir necha bor Osiyo va Olimpiada o‘yinlari hamda Jahon chempionatlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

✔️Davron Xidirov 2009-yildan buyon o‘zi singari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk bo‘lib voyaga yetishi maqsadida 101-sonli maktab-internatida jismoniy tarbiya fanidan dars berib, “Taekvondo” sport to‘garagiga rahbarlik qiladi. Uning o‘quvchilari ko‘plab xalqaro sport musobaqalarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

⚡️Xususan, 2017-yilda Xitoy Taypeida o‘tgan Osiyo chempionati, Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida bronza medallarini, Bishkekda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 13 ta medalni qo‘lga kiritishgan. Davron va uning o‘quvchilarida bunday yutuqlar juda ko‘p.

Hozirgi kunda shogirdlarini 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati va 2025-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga tayyorlamoqda.
#Direktorlar_Angliyada

Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etgan maktab direktorlariga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir avvalida har bir ishtirokchi o’z ta’lim muassasasini rivojlantirish bo’yicha loyiha ishini taqdimot qildi.

Shundan so’ng, har bir qatnashchi tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.

❗️Shu bilan Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga tashkil etilgan kasbiy rivojlanish dasturi o’z nihoyasiga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Faxrimiz

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi chet elning nufuzli universitetiga talabalikka qabul qilindi

📌Maktabimizning 11-“Green” sinf oʻquvchisi Jonibek Baxtiyorov AQSH ning bir nechta universitetlaridan talabalikka qabul hujjatini va grantlarni qoʻlga kiritdi.
- Wingate University $112000
- University of Arizona $ 52000


🎯Maʼlumot uchun, Jonibek Baxtiyorov bir nechta marta shaxmat bo'yicha respublika musobaqalari g'olibi va IELTS imtihonlaridan 7.0 balli sertifikat sohibi hamdir.

🔰Maktab maʼmuriyat Jonibekni bu muvaffaqqiyat bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida omad tilaydi!

𝐵𝑖𝑧𝑛𝑖 𝑘𝑢𝑧𝑎𝑡𝑖𝑠ℎ𝑑𝑎 𝑑𝑎𝑣𝑜𝑚 𝑒𝑡𝑖𝑛𝑔
telegram | instagram
facebook | you tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#diqqat
#feyk_xabar
#eslatma

📶 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

🗣Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

✈️Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

🗺Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_Coding
#musobaqa

🗓🏫 Xiva shahridagi Prezident maktabida Robototexnika va Dasturlash bo'yicha olimpiadaning maktab bosqichi bo'lib o'tdi. Unda ikki kishidan iborat jamoalar turli xil shartlarda o'z bilim va mahoratlarini amaliyotda qo'llashdi va o'zaro raqobat olib borishdi.

📊 Natijalar asosida

🏆🎗5-8-sinflar va
🏆🏵 9-11-sinflar kesimida g'olib jamoalar aniqlandi.

Barcha ishtirokchilarga musobaqadagi munosib ishtiroki uchun tashakkur izhor etamiz. G'oliblarni esa keyingi bosqichga saralangani bilan qutlaymiz
.

𝐵𝑖𝑧𝑛𝑖 𝑘𝑢𝑧𝑎𝑡𝑖𝑠ℎ𝑑𝑎 𝑑𝑎𝑣𝑜𝑚 𝑒𝑡𝑖𝑛𝑔
telegram | instagram
facebook | you tube
#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.

📆 Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM