Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.72K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan xorijlik ustozlar xalqimizni Ona tilimiz - o'zbek tilining 34 yillik shodiyonasi bilan samimiy muborakbod etadilar.



telegram | instagram
facebook | you tube
#Yashil_makon
#Eco_school

FARZANDIM BILAN NIHOL EKAMAN!

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan shaxsan ilgari surilgan "YASHIL MAKON" umummmilliy loyihasida maktab va keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta'minlash maqsadida Xiva shahridagi Prezident maktabi "FARZANDIM BILAN NIHOL EKAMAN" nomli aksiyani e'lon qiladi.

🍀 Mazkur aksiya davomida maktab xodimlari, o'quvchilar va ularning ota-onalari maktab hovlisiga turli manzarali ko'chatlarni o'tqazish orqali maktabimiz yashilligiga o'z hissalarini qo'shishlari ko'zda tutilgan.

📆 Joriy yilning 23-oktabridan 13-noyabriga qadar etib belgilangan aksiya davomida barchadan faol qatnashishlarini so'rab qolamiz.

🌏Tabiatmiz sog‘lom, havo musaffo bo‘lishi siz-u bizning qo'limizda!

🔗
English

Bizni kuzatishda davom eting
telegram | instagram
facebook | you tube
Prezident Qarshi shahri Oydin mahallasida istiqomat qilayotgan o‘qituvchi Dilshod Nabiyev xonadonida mehmon bo‘ldi. Xonadon egalari bilan bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi

Davlatimiz rahbari mazkur tashrif davomida Beshkent shahridagi 12-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, Oydin mahallasida istiqomat qilayotgan o‘qituvchi Dilshod Nabiyev xonadonida mehmon bo‘lgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazidan insonni chuqur fikrlashga undaydigan videorolik.


Bizning sahifalarimiz:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Kitobxonlik

OILAVIY KITOBXONLIK - MUVAFFAQIYAT POYDEVORI!

📚Maktab va oila orasidagi hamkorlikni hamda o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida Xiva shahridagi Prezident maktabi kitobxonlik tanlovini e'lon qiladi. Lekin bu galgi tanlov ishtirokchilari o'quvchilarimizning ota-onalari bo'lishadi.

📗Bu tanlov ota-onalar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish borasidagi ilk qadam ekanligini hisobga olib faqat O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari asosida, qiziqarli shartlarni o'zida jamlagan holda 3-noyabr kuni o'tkaziladi.

Bola tarbiyasi bu san'at, unga namuna bo'lish esa eng yaxshi yondashuvdir.

BARCHAGA MAROQLI MUTOLAA TILAYMIZ!

Bizning sahifalarimiz:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Yashil_makon
#Eko_maktablar

FARZANDIM BILAN NIHOL EKAMAN!

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

🌲Unda o'quvchilarimizning ota-onalari ham faol qatnashib, yurtimiz, maktabimizni yashil makonga aylantirishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

⚡️Faollik ko'rsatayotgan ota-onalarga minnaddorchilik bildiramiz.

Bizning sahifalarimiz:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Eco_schools
#Yashil_makon

ISSIQXONA FAOLIYATI BILAN TANISHING!

🍃☘️ Xiva shahridagi maktabida o’quvchilarning Ona tabiat va atrof- muhitga bo’lgan muhabbatini oshirish va ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida “Yashil makon” loyihasi doirasida issiqxona tashkil etilganidan xabaringiz bor. Unda vitaminga boy turli ko’katlar yetishtirilmoqda.

🌿🌿🌾O’quvchilarimiz bo‘sh vaqtlarida issiqxonada ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanadilar. Bu esa ularning kelajakda yerga ishlov berish ko‘nikmalariga ega bo‘lib, o’z tomorqasidan unumli foydalanish tajribalarini o‘zlashtirishlariga zamin yaratadi.

Bizning sahifalarimiz:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Xalqaro_hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi Agentlik tizimidagi maktablarda STEM fanlarni oʻqitish metodikalarini yanada takomillashtirish, xalqaro maktablar bilan fikr almashish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining paytaxti Abu-Dabi shahrida boʻlib turibdi.

Delegatsiya aʼzolari Abu-Dabidagi Amirlik Milliy maktablari (Emirates National Schools)ning faoliyati bilan tanishdi. Agentlik tizimidagi maktablarning STEM fanlar oʻqituvchilari uchun zamonaviy metodika hisoblanadigan Loyihaga asoslangan taʼlim (Project–Based Learning) treningi tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida bir qancha seminar-treninglar tashkil etilib, BAAning taʼlim sohasidagi tajribasi, Oʻzbekiston va BAAdagi oʻqitish metodikalarining oʻxshash hamda farqli tomonlari haqida maʼlumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube