Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.59K subscribers
6.97K photos
1.2K videos
57 files
2.8K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Халқаро_таълим_форуми
#Buyuk_Britaniya

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligining rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etishmoqda.

Forum doirasida bir nechta xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Xususan, Agentlik delegatsiyasi doimiy hamkori Cambridge Assessment International Education, Times Higher Education va British Council tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

📍Butunjahon ta'lim forumi London shahrida bo'lib o'tmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
QO'MONDON VA YOSHLAR UCHRASHUVI

🇺🇿 Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"O'zbekiston - jannatmakon diyor” mavzusida o‘tgan “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvida yoshlar milliy armiyamiz, mudofaa salohiyatimiz, harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuq va marralar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

❇️ Tadbirning birinchi qismida qo'mondon o'zlarining hayot yo'llari va to'plagan boy tajribalari haqida so'zlab berdilar. O'quvchilar va qo'mondon o'rtasida o'zaro savol-javoblar bo'lib o'tdi. Maktab maydonida harbiy qurollar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilar mehmonlar tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🌐Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
#Qabul_2022
#savolga_javob

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Javob:
• tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki kinder pasport nusxasi;
• ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

•┈┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈┈•

🌐Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Cambridge University Press&Assessment tashkiloti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Bugun Agentlik rahbari Hilola Umarova va Cambridge University Press&Assessment Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'zaro hamkorlik shartnomasini imzolashdi.

⚡️Mazkur xalqaro shartnoma doirasida:
✔️qabul imtihonlari,
✔️xalqaro imtihonlar,
✔️ta'lim dasturlari,
✔️darsliklar ishlab chiqish kabi sohalarda hamkorlik qilish
ko'zda tutilgan.

📌Ma'lumot uchun, Cambridge university Press&Assessment tashkiloti dunyoning yetakchi tashkilotlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur tashkilot ilmiy nashrlarni chop etish hamda baholash bilan shug'ullanadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube