Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
6.8K photos
1.18K videos
57 files
2.75K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Model_UN

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o'quvchilar va talabalar o'rtasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli tashkil etilmoqda!

Mazkur modeldan ko'zlangan maqsad:
🔸 notiqlik mahoratini oshirish;
🔸muzokaralar olib borish, diplomatiya va xalqaro munosabatlarni amaliyot yordamida o'rganish;
🔸BMT faoliyati bilan yaqindan tanishishdan
iborat.

🇺🇳 Ma'lumot o'rnida, BMT modeli butun dunyo bo'ylab o'quvchilar va talabalar ishtirokida muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi. Unda BMT talqinidagi tadbirlar tashkil etilib, ishtirokchilar BMT Bosh kotibi, Xavfsizlik kengashi a'zolari va xorijiy mamlakatlar vakillari rolida muhokamalarda ishtirok etishadi.

📆Tadbir 2022-yil 15-16-yanvar kunlari Buxoro shahrida bo'lib o'tadi.

❗️Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

👉Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/bExPqVzuUji42e459

Mazkur konferensiyada ishtirok etish barcha uchun ochiq bo'lib, arizalar joriy yilning 31-dekabriga qadar qabul qilinadi.

❗️Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga ovqatlanish va turar-joy xarajatlari qoplab beriladi (Buxoroga borib-kelish xarajatlari bundan mustasno).

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Instagram | Telegram
"Yoshlar forumi 2021" tadbiri doirasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ta'lim sohasiga befarq bo'lmagan yoshlar bilan uchrashib, "Ta'lim - taraqqiyot poydevori" mavzusida ma'ruza qiladi.

➡️Tadbir ishtirokchilari Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti bo'yicha amalga oshirilishi ko'zda tutilgan rejalar haqida ma'lumotga ega bo'lishlari hamda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishlari mumkin.

❗️Eng faol ishtirokchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Tadbir joyi va vaqti: “Tashkent City Congress Hall”ning “Shosh” zali, 21-dekabr soat 10:00.

➡️ Forumda ishtirok etish uchun havola bo'yicha o'ting: toshkent21.uz
#Yoshlar_forumi
#Z_avlod


«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 19-20-dekabr kunlari Toshkent sharidagi Yoshlar ijod saroyida Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida barcha viloyatlardan tashrif buyurgan faol va iqtidorli yoshlar ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” forumi bo‘lib o‘tmoqda. Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Madrahimova Jahonabegim, Ro'zmetov Xidoyat va Baxtiyorov Jonibeklar ham ushbu forumda faol ishtirok etmoqdalar.


* * *
Xiva PM 👉 telegram |you tube
#Yoshlar_forumi

🔰 Ayni paytda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar o'quvchilari ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” a'lochilar forumi bo‘lib o'tdi.

🔹 Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning o'quvchilar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

📌 Ochiq muloqotda faol ishtirok etgan va eng yaxshi taqdimot egalari sovg'alar bilan taqdirlandilar.
#Yoshlar_forumi

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORI HILOLA UMAROVANING YOSHLAR FORUMIDAGI OCHIQ MULOQOTDAN FIKRLARI

▶️ Inson faoliyati yo'nalishi istalgan vaqtda o'zgarishi mumkin. Bunga men o'zim misol. Sizlarga ham ko'nglingiz buyurgan sohada bo'ling, deyman.

▶️ Qizlarning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratish shart. Chunki, qizlar bilimli bo‘lsa, ular kelajak avlodni ham bilimli qilib tarbiyalaydi.

▶️Bolaning qayerda o‘qiyotgani, uning ijtimoiy kelib chiqishi umuman ahamiyatga ega emas. Uning iste’dodi muhim. Ota-ona farzandining bilim olishiga e’tibor qaratsa, u bilan shug‘ullansa – bola albatta ilmga qiziqadi, muvaffaqiyatga erishadi.

🔰Taqdimot yakunida qizg'in fikr-mulohazalarga boy bo'lib, yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

👉Savollarga javoblarni saytimizda o'qing.