Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
6.69K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#imtihon_2024

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN OʻTGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Shu yilning 27-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Prezident maktablarining ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 37 548 taga, qamrov koʻrsatkichi 74,6 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi qamrovi 93 foizga yetganligini taʼkidlab oʻtdi.

Joriy oʻquv yilida 500 ta maktabda joriy etilgan yangi baholash tizimi natijasida mazkur maktablardagi oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 6 foizga oshdi.

Tizimdagi 210 444 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirildi. 5. 7 949 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatlash, 190 ming nafar oʻqituvchi yangi tartib asosida malaka toifalarini berish sinovlariga jalb etildi. “Menejerlik oʻquv kursi”da 1319 nafar direktorlikka nomzodlar oʻqitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar ham atroflicha tilga olib oʻtildi. Xususan, respublikadagi ayrim hududlarda, jumladan, Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlarida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichlari yil boshiga nisbatan sezilarli darjada tushganligi tanqid qilindi.

Shu sababli yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, yangi oʻquv yilidan boshlab 1 300 ta tayanch maktablar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari hamda mentor-oʻqituvchilarini oʻqitish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Yigʻilish davomida har bir rahbar oldiga tegishli yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📝 Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.

💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.

❗️Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.

💫 Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI: TABIAT, DOʻSTONA MULOQOT, MASHG'ULOTLAR, SPORT

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz uchun STEM fanlari bo‘yicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dam olish maskanida oʻquvchilarning kun tartibi ertalabki badantarbiya bilan boshlanadi. Nonushtadan soʻng "Zakovat" intellektual oʻyini, turli tanlovlar, kiber sport, futbol, voleybol, basketbol kabi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Ikkinchi nonushtadan keyin suzish mashgʻulotlari boshlanib, ularda bolajonlar suzish havzasida turli mashqlar orqali suzish mahoratlarini oshiradilar. Tushlikdan soʻng oʻquvchilar kunduzgi orom olishadi.

Oromgohda STEM oʻquv mashgʻulotlari yuqori malakaga ega oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Mashgʻulot xonalari zamonaviy taʼlim vositalari bilan jihozlangan.

Bolajonlarning kun tartibida oʻquv mashgʻulotlari bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, tabiat qoʻyniga sayohatga ham ustuvor oʻrin berilgan.

Bugun oromgohda tashkil etilgan xayrlashuv marosimi ham taassurotlarga boy oʻtdi. Bolajonlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, bu yerda oʻquv mashgʻulotlari, turli tanlov va musobaqalarda yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oromgohda soʻlim tabiat, doʻstona muloqot, mashgʻulotlar, sport, qiziqarli tadbirlar bilan oʻtgan mazmunli taʼtil oʻquvchilarni yangi oʻquv yilida yanada yuqori natijalarga erishishga undashi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube